AORTA KOARTATSIYaSI
Aorta koartatsiyasi - cheklangan joyda aortaning to’liq yopilishi yoki torayishidir.
Gemodinamikasi:
toraygan joydan yukorida arterial bosimni ko’tarilishi;
torayishdan pastda arterial bosim pasayadi;
qon aylanish kollateriallar hisobiga bo’ladi.
Rasm 8. Aorta koortatsiyasida gemodinamika (BA-nomsiz arteriya, LOSA- chap umumiy uyqu arteriyasi, LPA-chap o’mrov osti arteriyasi)
Klinikasi:
ishtaha pasayadi, jismoniy rivojlanishdan orqada qoladi, bezovtalik, yurak-o’pka yetishmovchilik belgilari;
son arteriyasida pulьsni bo’lmasligi yoki susayishi;
chap qorincha gipertrofiyasi;
yurak shovqinlari xarakterli emas.
EBSHTEYN KASALLIGI
Bu uch tabaqali klapan nuqsoni bo’lib, klapan o’ng qorincha ichiga siljigan bo’ladi. O’ng bo’lmacha bo’shlig’i kengaygan, qorincha kichraygan, o’pka arteriyasi gipoplaziyalashgan, bo’lmachalararo to’siqda nuqson.
Do'stlaringiz bilan baham: |