10. Oilaviy shajara tuzish (buyrak kasalliklari bulganlarni kursatish).
11. Mutaxasislar maslaxati ( urolog, bolalar jarroxi, okulist, nevropatolog, otolaringolog, stomatolog, ftiziatr).
12.Agar kasalda terapiyaga nisbatan rezistentlik bulsa, unda xlamidiya, mikoplazma, zamburug, virus, mikobakteriya kabi infektsion agentlarga tekshirish kerak.
Qiyosiy tashxislash
Pielonefrit tsistit, glomerulonefrit, buyrak sili, siydik tosh kasalligi, buyrak usmasi va interstitsial nefrit bilan kiyosiy tashxislanadi.
Davolash.
1. Rejim. Kasallikning utkir davrida yotok, rejimi, issik tutish, aeratsiya (toza xavoda uyku, toza xavoda sayr kilish) toza tutish, kun tartibiga rioya kilish tavsiya etiladi.Tana xarorati tushgach va umumiy axvol biroz yaxshilangach umumiy massaj va DJT buyuriladi.
2. Parxez. Pielonefrit bilan ogrigan bemorlarga parxez buyurishda kasallikning kanday namoyon bo’lishi, yallig’lanish jarayoni va buyraklarning uz ishini kanday bajarayotgani xamda xar bir bemorda moddalar al mashinu vini n g xususiyatlari xisobga olinadi. Kasallikning utkir davri, ya’ni dastlabki 7-14 kunlarida oksil (1 kg tana vazniga 1.5 g) va osh tuziii ( bir kunda 2 g) kamaytirgani. ma’kul. Kushimcha ravishda suyu klik ( bir kunda 1,5-2 l, ya’ni kup mikdorda suyuklik ichish tartibi buyuriladi), bu maqsadda meva sharbatlari, kaynatmalar, kompotlar, shirin choy xamda xul mevalar, sabzavotlar ayniksa, siydik xaydaydigan poliz maxsulotlaridan tarvuz, kovun berish ayni muddao buladi. Arterial qon bosimi oshishiga moyil bulgan bemorlarga uzok vaktgacha ovkat tuzi pastdilib beriladi. Agar qon bosimi me’yorida xamda buyrak uz ishini yaxshi bajarayotgan bulsa, bunday bemorlar sabzavot va mevalar: kartoshka, karam, oshkovok. lavlagi, sabzi, sholgom, tarvuz, pomidor, kovun, olma kabilarni bemalol yeyishi mumkin. Go’sht, baliq, tvorog, parranda go’shti, tuxum bemorning yoshiga karab beriladi. Buyrak zo’riqmasligi uchun oqsilli maxsulotlar moddalaralmashinuvi xosilalarining organizmdan bir kecha-kunduzda kancha ajralishiga karab buyuriladi, shunda xam ularni kunning birinchi yarimida iste’mol kilish maqsadga muvofikdir.
Ko’pchilik bolalar nefrologlari davolash jarayonida nordon va ishkoriy
muxit yaratuvchi ovkatlarni xar 7-10 kunda almrshib turishni tavsiya kilishadi. Bunda 7-10 kun davomida gushtli ovkatlar va kuniga 3-4 maxal 0.5 g dan ammoniy xlorid beriladi. Bu paytda organizm muxiti kislotali tarafga uzgaradi. Keyingi 7-10 kunda esa bemorga sut-kukatli ovkatlar, ishqorli meneral suv va kuniga 5-10 g ichimlik sodda belgilanadi. Bu esa organizm ichki muxitini ishqoriy tomonga o’zgartiradi. Organizm ichki muxitining shu tarika uzgarishi, bir tomondan mikroblar hayoti uchun nokulay sharoit tugdiradi, ikkinchi tomondan, buyrak ishini yaxshilovchi uziga xos "mashk" bulib xizmat kiladi.
Surunkali pielonefritda bemorlarga xar xil ovkatlar beraversa buladi, lekin bunda sut-katik maxsulotlariga aloxdda e’tibor berish kerak. Ayniksa, katik, tvorog foydali, chunki ularda siydik xaydash xususiyati bor, bundan tashkari, ichakdagi mikroflorani xam yaxshilaydi. Bu esa ovkat xazmini yaxshilaydi. Tvorog va kaymokda almashinilmaydigan aminokislotalar, sutyuksili va yog buladi. Pielonefrit bilan ogrigan bemorlarga yogsiz mol gushti, tovuk, kuyon gushti tavsiya etiladi. B al ikni kaynatib berish mumkin. Ovkatni eritilgan saryogda xamda usimlik moylari (paxta, kungabokar, zaytun moylari)da tayorlagan ma’kul.
Bemorlarga tuzlangan, kovurilgan, dudlangan, achchik taomlar, balikdan kuzikorindan tayyorlangan Щurvalar, dukkakli maxsulotlar, gulkaram, turp, ismalok, piyoz, sarimsok piyoz, sof kaxva, kakao, kora non berish man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |