Grot bo’yicha oshqozon osti bezi palьpatsiyasi. Bolani orqaga yotgan xolatda palьpatsiya o’tkaziladi, o’ng qo’li musht xolatda siqiladi va bel ostiga olib boriladi. Oyoq tizzaga bukilgan bo’lishi kerak. O’ng qo’l barmoklari qorin bo’shlig’ining chap yuqori kvadrati, chap to’g’ri mushak tashqi qirrasi bo’ylab qo’yiladi. Barmoklar umurtka pog’onasiga yunaltiriladi. Nafas chiqarganda palьpatsiya o’tkaziladi, paypaslovchi barmoqlar umurtka pogonasining kindik tengligigacha yetkaziladi. Oshkozon osti bezi tasma kurinishida, umurtka pogonasini kiyshik yopib turadi. Normada oshkozon osti bezi palьpatsiya kilinmaydi. O’ng tomonga yotgan xolatda va o’tirgan xolatda oshqozon osti bezi palьpatsiyasi o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |