Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi— dinamik ravishda rivojlanib kelayotgan Oʼzbekiston farmasevtika bozoridagi yetakchi ulgurji-chakana savdo bilan shugʼullanuvchi korxona hisoblanadi. Kompaniyaning hududiy boʼlinmalari mavjud boʼlib, ular tarkibida 7 ta aksiodorlik jamiyatlari va 14 ta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, shu jumladan, 17 ta omborlar, 15 ta tahliliy-analitik laboratoriyalari mavjud.

Kompaniya ijtimoiy ahamiyatga molik dorilar va tibbiy mahsulotlarning asosiy assortimenti boʼlgan ijtimoiy dorixonalarning keng tarmogʼini tashkil etishga katta eʼtibor beradi. Bugungi kunda “Dori-Darmon” АK va uning hududiy boʼlinmalari tomonidan 2283 ta ijtimoiy dorixona tashkil etilgan boʼlib, dorixona filiallarining 70 foizi chekka hududlardagi qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida joylashgan. Toshkent shahridagi oilaviy poliklinika va koʼp tarmoqli poliklinikalarda joylashgan 44 ta ijtimoiy dorixona ham mavjud.
Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi bir necha yillar davomida Sogʼliqni saqlash vazirligining tibbiy muassasalarini maqsadli byudjet mablagʼlari hisobiga ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni davolash uchun tibbiy dori-darmon vositalari bilan taʼminlash boʼyicha davlat dasturlarini amalga oshirib kelmoqda.
“Dori-Darmon” АK dorixona tarmoqlari imtiyozli bemorlarga dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlarini bepul tarqatadi. 13 ta kasallik roʼyxati va ambulatoriya sharoitidagi bepul tibbiy yordam koʼrsatuvchi shaxslar roʼyxati Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi 204-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
O'ZBEKISTON FARMATSEVTIKA SANOATI DAVLAT AKSIONERLIK ( 0‘ZFARM SANOAT) KONSERNI Respublika aholisining dori vositalariga bo'lgan ehtiyojini yaxshiroq qondirish va farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida 0 ‘zbekiston Respubiikasi Prezidentining 1993-yil 2-iyundagi PF 290-sonli farmoni asosida O'zfarmsanoat, Davlat - aksionerlik konsemi tashkil etilib, uning tarkibiga bir qator ilmiy tekshirish institutlari va 0 ‘zkimyofarm ishlab chiqarish