O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi


-modda. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari



Download 211,5 Kb.
bet13/24
Sana17.06.2021
Hajmi211,5 Kb.
#68736
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Tayyor dori vositalarini saqlash shart-sharoitlari

10-modda. Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari

Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari xavfsizlik va samaradorlikni aniqlash maqsadida ularning farmakologik xossalarini, nojo‘ya ta’sirlari va boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri samarasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish uchun o‘tkaziladi.

Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlari bitta davolash-profilaktika muassasasida yoki ko‘p markazli klinik tadqiqot tarzida yagona bayonnoma bo‘yicha bittadan ortiq davolash-profilaktika muassasasida o‘tkazilishi mumkin.

Odamda farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qabul qilinadi.

Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlovchi klinik oldi tadqiqotlar natijalari;

farmakologik vositaning yoki dori vositasining qo‘llanilishidan ehtimol tutilgan nojo‘ya ta’sir xavfi kutilayotgan ijobiy ta’sirdan ancha past bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazishga etika ekspertizasining mazkur tadqiqotlarni o‘tkazish etika jihatidan asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosasisiz yo‘l qo‘yilmaydi.

Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida bemorning ishtiroki uning yozma ravishdagi roziligi bilan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Klinik tadqiqot rahbari bemorga ushbu tadqiqot usulining ahamiyati, tadqiqotning mohiyati va ehtimol tutilgan xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart. Bemor tadqiqotning istalgan bosqichida unda ishtirok etishni rad qilishga haqli.

Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz bemor ishtirokida o‘tkazilgan taqdirda tadqiqot boshlanishidan oldin uning ota-onasidan yoxud boshqa qonuniy vakillaridan yozma ravishda rozilik olinishi kerak.

Voyaga yetmagan bemorlar ishtirokidagi klinik tadqiqotdan oldin, qoida tariqasida, voyaga yetgan bemorlarda klinik tadqiqot o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqoti boshlanishidan oldin tadqiqotni o‘tkazayotgan davolash-profilaktika muassasasi yoxud tadqiq etilayotgan farmakologik vositani yoki dori vositasini taqdim etgan yuridik shaxs bemorning hayotiga, sog‘lig‘iga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligiga doir sug‘urta shartnomasini sug‘urtalovchi bilan tuzishi shart.

Jamiyat uchun yoxud farmakologik vositaning yoki dori vositasining klinik tadqiqotida ishtirok etayotgan bemorning hayoti, sog‘lig‘i uchun tahdid paydo bo‘lgan taqdirda klinik tadqiqot rahbari klinik tadqiqotni to‘xtatishi va bu haqda tadqiqotni davom ettirish yoki to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini yozma shaklda xabardor qilishi kerak.

Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini moliyalashtirish tadqiq etilayotgan farmakologik vositalarni yoki dori vositalarini taqdim etgan yuridik shaxslarning mablag‘lari hisobidan yoxud qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi va klinik tadqiqotlar o‘tkaziladigan davolash-profilaktika muassasalarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


Download 211,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish