YUrak (cor)
oldingi ko‘ks oralig‘ining pastki sohasini egallab turadi. Uning
ko‘p qismi ko‘krak qafasining chap tomonida, kam qismi – o‘ng tomonida
joylashadi. YUrakning asosi o‘ngga va orqaga, cho‘qqisi – o‘ng qorincha bilan chap
qorinchaning biroz qismini o‘z ichiga oladi. Bu yuza to‘sh suyagiga va
qovurg‘alarning tog‘ay yuzasiga tegib turib, ulardan qovurg‘a mediastinal plevra
bo‘shliqlari hamda o‘pkalar bilan ajralib turadi. YUrakning yonbosh yuzalari
o‘pkalarga qaragan bo‘ladi. Pastki yuzasi perikardning asosida bo‘lib, u orqali
diafragma pay qismi bilan birlashgan bo‘ladi. Uning bu yuzasini o‘ng va chap
qorinchalar bilan o‘ng bo‘lmacha tashkil qiladi.
YUrakning o‘ng chegarasi yuqori kovak vena bilan o‘ng bo‘lmacha tashkil
qilib, bu chegara yoysimon shaklda, uchinchi qovurg‘a tog‘ayining yuqori
qirrasidan, beshinchi qovurg‘a tog‘ayining pastki qirrasigacha to‘sh oldi chegarasiga
2-2,5 sm etmasdan o‘tadi. Pastki chegarasini o‘ng qorinchaning cheti bilan chap
qorinchaning ozgina qismi tashkil qilib, bu chegara 5- qovurg‘a tog‘ayining pastki
qirrasidan biroz chapga va pastga qarab o‘tib to‘sh suyagi oldi va o‘rta o‘mrov
chiziqlarining o‘rtasida 5-qovurg‘agacha boradi. YUrakning chap chegarasini, aorta
yoyi, o‘pka stvoli, chap yurak quloqchasi va chap qorinchalar hosil qiladi. Bu
chegara to‘sh suyagining chap qirrasidan 2 sm tashqarida 2-qovurg‘alararo
oralig‘idan boshlanib, pastga va tashqariga qarab yurib, 5-qovurg‘a ro‘parasida o‘rta
o‘mrov chizig‘iga 1,5 – 2 sm etmasdan tugaydi. YUrak yuqoriga ko‘tariluvchi
aortadan chiquvchi 2ta o‘ng va chap yurak toj arteriyalari bilan qon bilan
ta’minlanadi.
YUrakning chap toj tomiri sinusdan chiqqan zahotiyoq oldingi qorinchalararo
va aylanib o‘tuvchi tarmoqlarga bo‘linadi. Bu tarmoqlarning birinchisi yurakning
oldingi sohasi bo‘ylab, to uning cho‘qqisigacha boradi. Bunda u oldingi tik
egatchada yotadi. Ikkinchi tarmoq bo‘lsa yurakning orqa sohasiga uning chap
bo‘lmachasi bilan qorinchalari orasidagi egatcha orqali o‘tadi, o‘ng toj arteriyaning
qorinchalararo orqa tarmog‘i bilan anastomoz hosil qiladi. CHap toj arteriya chap
bo‘lmachani, qorinchalararo to‘siqni va chap qorinchani qon bilan ta’minlaydi.
YUrakning eng katta venoz stvollaridan bittasi uning katta venasidar. U yurak
cho‘qqisining oldingi yuzasidan boshlanib oldingi tik egat ichidan, chap toj
arteriyaning oldingi qorinchalararo tarmog‘i bilan birga ko‘tariladi, so‘ngra chapga
aylanib, o‘tuvchi egatga o‘tib, yurakning orqa sohasidagi toj bo‘shliqqa quyiladi.
YUrakning toj sinusi yurakning orqa yuzasida chap bo‘lmachadan chap
qorincha oralig‘ida joylashgan toj egatchada joylashadi. Bu keng kanal pastki kovak
vena yopqichi bilan burmachalararo to‘siqlar orasida o‘ng bo‘lmachaga ochiladi.
YUrak asosan yurak o‘pka chigalini hosil qiluvchi adashgan nerv bilan simpatik
nerv tolalari bilan innervatsiya qilinadi. YUrakda to‘rtta: endokard, miokard va
epikard ichida hamda epikard ostida joylashgan limfa chigallari bo‘lib, limfa
suyuqligi subepikardial limfa yo‘llariga quyiladi. U erdan esa olib chiquvchi yo‘llar
orq
li kekirdak bronxial limfa tugunlariga yoki aorta yoyining oldida joylashgan
oldingi ko‘ks oralig‘ining limfa tugunlariga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |