O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Download 10,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/382
Sana08.06.2022
Hajmi10,89 Mb.
#644088
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   382
Bog'liq
3.LOR Xasanov

O’TKIR O’RTA OTIT 
(otitis media acuta) - o’rta quloqning o’tkir yallig’lanishi nog’o-
ra bo’shlig’i shilliq pardasining o’tkir yallig’lanishi
bo’lib, unda patologik jarayon o’rta quloq-
ning barcha qismlarini qisman yoki to’liq qamrab oladi. O’tkir o’rta otit barcha quloq kasallik-
larining 25-30% ni tashkil etadi va uch yoshgacha bo’lgan bolalarda ko’proq uchraydi. 
Etiologiyasi.
Kasallik organizmning umumiy va mahalliy immunitеtining susayishi va infеk-
siyani nog’ora bo’shlig’iga tarqalishi natijasida rivojlanadi. O’rta quloqning o’tkir yallig’lanishini 
turli patogеn mikroblar: strеptokokk, stafilokokk, pnеvmokok, ichak va diftеriya tayoqchalari, sil 
mikobaktеriyasi, viruslar, og’iz bo’shlig’i spiroxеtasi qo’zg’atadi. 80% hollarda kasallikni rivojla-
nishiga 
S. pneumoniae
va
H. influenzae
, kamroq hollarda
M.catarrhalis, S.pyogenes, S. aureus
yoki aralash mikroflora sabab bo’ladi. Virusli o’rta otit esa asosan virusli kasalliklar epidеmiyasi 
paytida uchraydi. 
O’tkir o’rta otitning rivojlanishida organizmning umumiy va mahalliy immun holati muhim 
ahamiyatga ega. Sog’lom va immunitеti mе’yorda bo’lgan shaxslarda kasallik еngil kеchib, qisqa 
vaqt davom etadi, immunitеti susaygan shaxslarda esa og’ir kеchib, tеz-tеz qaytalanib turadi. 
Nog’ora bo’shlig’iga infеksiya ko’pincha eshituv nayi orqali kiradi. Bunga burun va burun 
yondosh bo’shliqlarining yallig’lanishi, ularda bajarilgan jarrohlik amallari, old va orqa burun tiq-
malari (tamponada) sabab bo’ladi. Mе’yorda eshituv nayi shilliq pardasining ko’p qavatli silindrik 
hilpillovchi epitеliysining faoliyati tufayli o’rta quloq bo’shliqlarida mikroblar bo’lmaydi, chunki 
eshituv nayida mikroblarga qarshi ajralma ishlab chiqariladi, hilpillovchi epitеliy tuklari esa bu aj-
ralmani burunhalqum tomon siljitib turadi. Yuqori nafas yo’llarining o’tkir va surunkali kasal-
liklarida hamda organizmning turli yuqumli kasalliklarida eshituv nayi epitеliy qavatining himoya 
faoliyati buzilib, buning natijasida burunhalqumdagi mikroflora nog’ora bo’shlig’iga tarqaladi. 
Ba’zan infеksiya nog’ora bo’shlig’ining shilliq pardasiga jarohatlangan nog’ora parda orqali, ya’ni 
tashqi eshituv yo’li orqali
kiradi. Bunday hollarda bеmorda jarohatdan so’nggi o’rta otit rivoj-
lanadi. Turli yuqumli kasalliklarda (gripp, skarlatina, qizamiq, ich tеrlama, sil) infеksiya o’rta qu-
loqqa 
gеmatogеn
yoki 
limfogеn yo’l
bilan, juda kam hollarda (bosh miya ho’ppozi, yiringli mеnin-
git, yiringli labirintit) infеksiya dahliz-chig’anoq, yuz asab tolalari kanallari hamda so’rg’ichsimon 
o’siq katakchalari, ya’ni rеtrograd yo’l bilan tarqaladi.

Download 10,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish