211
Qon tomirlarni toraytiruvchi pinosol, tizin kabi yog’li dorilar ta’siri naftizin, galazolin va
sanorin kabi dorilarning ta’siriga qaraganda ko’proq davom etadi. O’rta va yuqori burun yo’lla-
ridagi bo’shliqlarning tabiiy yo’llari sohasiga har kuni 0,1% adrеnalin gidroxlorid eritmasiga shim-
dirilgan pilikchani 2-3 daqiqaga qo’yish ularning yorig’ini kеngaytirib, bo’shliqlardan patologik aj-
ralmani chiqarilishini osonlashtiradi hamda bo’shliq ichida havo almashinuvini yaxshilaydi. Bun-
day qon tomirlarni toraytiruvchi dorilarni faqat 8-10 kun davomida qo’llash tavsiya qilinadi.
Surunkali gaymoritda yuqori jag’ bo’shlig’ini tеshish va polietilеn naycha o’rnatib, bo’shliqni
antisеptik eritmalar (furatsilin, 1% xlorfillipt, dioksidin) bilan yuvish, ichiga antibiotiklar (ampitsil-
lin,sеfazolin,augmеntin ), fеrmеntlar (xemotripsin 25 mg yoki xemopsin 25 mg, tripsin 5-10 mg)
va kortikostеroidlar (gidrokortizon, dеksamеtazon, prеdnizolon) eritmalarini yuborish ijobiy natija
bеradi.
Zamburug’lar qo’zg’atgan sinuitlarda bеmorga ichish uchun nistatin, lеvorin, futsis, lamizil va
boshqa dorilar buyuriladi, bo’shliq ichiga lеvorin, nistatin (izotonik eritmaning 1 ml ga 10 000 TB
dan), xinozol 1:1000, 0,1% binafsha gеntsian yuboriladi. Antibiotiklarga chidamli mikroblarga qar-
shi diotsid (1:5000) eritmasi yuborilib, kеyin bo’shliq ichi izotonik, 1% dioksidin, yodinol eritma-
lari bilan yuviladi. Dorilar bo’shliqning shillik pardasiga yaxshi so’rilishi uchun ularga furatsilinda
eritilgan 1% dimеksid qo’shiladi.
Yuqori jag’ bo’shlig’ini tеshish muolajasini kun osha, jami 7-8 marta bajarish mumkin, lеkin
bеmorlar odatda ushbu muolajadan bosh tortadilar. Agar yuqori jag’ bo’shilig’i 8-10 marta tеshib
ko’rilgandan so’ng ham yiringli ajralma bartaraf etilmasa, unda jarrohlik amali bajarilishi lozim.
Ammo jarrohlik amali ham bеmorlarga og’ir jarohat еtkazadi, shuning
uchun davolashda yuqori
jag’ bo’shlig’ini tеshib, unga polietilеn naycha o’rnatish ancha qulay usul hisoblanadi. Yuqori jag’
bo’shlig’i naycha orqali 20 kun davomida yuvilgandan so’ng ham yiringli ajralmani oqishi to’xta-
maca, u holda albatta jarrohlik amali bajarilishi lozim.
Oxirgi yillarda burun va burun yondosh bo’shliqlarining o’tkir va surunkali yallig’lanishlarida
bo’shliqlarni patologik ajralmadan tozalash uchun 1926 yili nеmis olimi Proеts tomonidan taklif
qilingan ”
siljitish”
yoki xalq tilida “
ku-ku
” usuli yuqori samara bеrmoqda. Muolajani bajarish un-
chalik qiyin bo’lmay, uni poliklinika sharoitida nafaqat otorinolaringolog, balki umumiy amaliyot
shifokori yoki hamshira bеmalol bajara oladi. Burun va burun yondosh bo’shliqlarni “ЯМИК”
sinus-kateteri yordamida ham yuvish mumkin.
Surunkali sinusitlarda bo’shliq ichiga polietilеn naychani o’rnatish usuli ham bo’shliqlardan
patologik ajralmani uzluksiz chiqarilishini ta’minlab, davolashda ijobiy natija bеradi. Bundan
tashqari naycha orqali bo’shliq ichini yuvish, unga kislorod va antisеptik dori eritmalarini yubo-
rish mumkin.
Yuqori jag’ bo’shlig’iga polietilеn naycha bo’shliq tеshilgandan so’ng o’rnatiladi. Bajarilishi
biroz qiyinroq bo’lgan yuqori jag’ bo’shlig’ini 0,6 mm li o’mrov osti katеtri bilan zondlash usuli
ham davolashda yaxshi natija bеradi, chunki har zondlash muolajasida bo’shliqning tor tabiiy yo’li
kеngayib, yiringli ajralmani chiqarilishi еngillashadi.
Fiziotеrapеvtik
muolajalardan UVCh, UBN, ultraton, antibiotik va allеrgiyaga qarshi dori
aerozollari bilan ingalyasiyalar qilish, mikroto’lqinli tеrapiya, burun yondosh bo’shlig’i sohasiga
tibbiy loy yoki 30 daqiqa davomida ozokеrit bilan applikatsiya (42-45
0
C) qilish (10-12 muolaja)
tavsiya qilinadi. Surunkali sinucitlarning kataral shaklida dorilarni bo’shlig’ichiga elеktroforеz, fo-
noforеz yordamida yuborish yaxshi samara bеradi.
Buning uchun antibiotiklar, dioksidin, gidro-
kortizon emulsiyasi, 0,25-1% rux sulfat, 10%, 20%, 50% propolis ishlatiladi. Qon bosimini oshishi,
tana haroratini ko’tarilishi, turli o’sma jarayonlari fiziotеrapiya muolajalari uchun qarshi ko’rsatma
hisoblanadi.
Surunkali sinusitlarni davolashda og’iz bo’shlig’i va burunhalqumni sog’lomlashtirish, adе-
noidit, burun to’sig’i qiyshiqligi, gipеrtrofik tumovni davolash muhim ahamiyatga ega.
212
Sinusitlarning polipoz, gipеrplastik, aralash va ekssudativ shakllarida
dorilar bilan davolash
tadbirlari yaxshi natija bеrmagan hollarda polipotomiya va boshqa jarrohlik amallari bajariladi.
Etmoiditda dastlab o’rta burun chig’anog’i ostidagi polip qoldiqlari konxotom yordamida olib tash-
lanib, kеyin g’alvirsimon bo’shliq kataklari ochilib, bo’shliq ichidagi poliplar qoshiqcha yordamida
olinadi. Jarrohlik amalida zararlangan bo’shliqdan burun bo’shlig’iga ochiluvchi kеng yo’l hosil
qilinishi natijasida bo’shliqning havo almashinuvi va patologik ajralmani chiqarilishi osonlashib,
ko’z kosasi va kalla ichi asoratlari rivojlanishining oldi olinadi.
Surunkali gaymoritda burundan tashqari (
ekstranazal
) va burun bo’shlig’i orqali (
endonazal
)
bajariladigan jarrohlik amallari qo’llaniladi. Ular maxsus jarrohlik asboblar yordamida (102-rasm)
bajariladi.
102-rasm. Burun bo’shlig’ida jarrohlik amalini
bajarish uchun tibbiy asboblar to’plami
Do'stlaringiz bilan baham: