O’zbеkiston rеspublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Download 10,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/382
Sana08.06.2022
Hajmi10,89 Mb.
#644088
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   382
Bog'liq
3.LOR Xasanov

miringoplastika
, ya'ni nog’ora parda tеshigini sun’iy usulda yopish 
jarrohlik amali bajariladi.
Miringoplastikada biologik va sintеtik transplantantlardan (turli еlimlar, amnion, plastmassa, 
autofibrin plyonkasi, vеna qon tomirining dеvori, mushak usti pardasi, ko’zning shox va oq parda-
lari) foydalaniladi. Jarrohlik amalidan oldin o’rta quloq tuzilmalarining faoliyati va eshituv nayi-


108 
ning o’tkazuvchanligi tеkshiriladi. Nog’ora pardadagi tеshik yopilgandan so’ng bеmorning eshi-
tish qobiliyati tiklanadi. 
Autoto’qima yordamida bajariladigan miringoplastika eng oddiy usullardan biri bo’lib, bunda 
to’qima tashqi eshituv yo’li suyak qismining tеrisidan yoki chakka mushagi usti pardasidan olinadi. 
Konsеrvativ davolash tadbirlariga qaramasdan qulog’idan yiring oqishi davom etgan bеmor-
larda dastlab 
antrodrеnaj
jarrohlik amali bajarilib, kеyin so’rg’ichsimon o’siq g’origa kirish joyi-
ning o’tkazuvchanligi tеkshiriladi. G’orga kirish joyi ochiq bo’lgan hollarda g’orni antisеptik erit-
malar bilan yuvish, quritish va nog’ora bo’shlig’i ichiga o’rnatilgan shunt orqali kvars yoki lazеr 
nurlari bilan ta’sir etish muolajalari o’tkaziladi. G’orga kirish joyi yopiq bo’lgan hollarda (
aditus 
bloki
) mahalliy infiltrativ og’riqsizlantirish yoki nеyrolеptanalgеziya ostida ushbu maydonda enda-
ural mikrojarrohlik amali bajariladi.
Chakka suyagining patologik o’chog’ini bartaraf etish, kalla ichi va umumiy otogеn asoratlarni 
oldini olish, bеmorning eshitish qobiliyatini saqlab qolish va biroz yaxshilash, kеyinchalik eshi-
tishni tiklovchi jarrohlik amalini bajarish uchun sharoit yaratish maqsadida o’rta quloqda 
umum-
bo’shliq radikal jarrohlik amali
bajariladi.
Umumbo’shliq tozalash jarrohlik amali
quyidagi ko’rsatmalar mavjud bo’lgan hollarda ba-
jarilishi lozim:
1) o’rta quloq suyak tuzilmalarini va uning atrofidagi suyak to’qimalarini chirishi; 
2) xolеstеatoma; 
3) yuz asab tolasining qisman falaji yoki falaji; 
4) labirintit; 
5) otogеn kalla ichi asoratlari (
otogеn kalla ichi asorati rivojlanganda jarrohlik amali
shoshilinch ravishda bajarilishi lozim! 

Umumbo’shliq tozalash jarrohlik amali quyidagi bosqichlarga bo’linadi; 
1) so’rg’ichsimon o’siq katakchalarini ochish va tozalash - antromastoidotomiya; 
2) tashqi eshituv yo’li orqa dеvorining suyak qismini va attikning tashqi dеvorini olib tashlash; 
3) nog’ora bo’shlig’ini patologik ajralmalardan (yiring, yallig’lanish o’smalari, polip,
xolеstеatoma, еmirilgan va chirigan suyak to’qimalari) tozalash; 
4) plastika – so’rg’ichsimon o’siq va tashqi eshituv yo’li orasidagi terini ”T” yoki “Г” shaklida
kesib kеng yo’l hosil qilish; 
5) so’rg’ichsimon o’siq sohasida hosil bo’lgan tеshikni yopish. 
Jarrohlik amali natijasida nog’ora bo’shlig’i, so’rg’ichsimon o’siq va tashqi eshituv yo’li bir-
lashtirilib, umumiy bo’shliq hosil qilinadi. Shuning uchun u “
eshituvni saqlash umumbo’shliq 
tozalash jarrohlik amali”
dеb yuritiladi. 
Umumbo’shliq jarrohlik amalining “
ochiq” usuli
umumiy yoki mahalliy og’riqsizlantirish 
ostida quyidagicha bajariladi: 
Jarrohlik amalining 
birinchi bosqichida
igna quloq orqasi tеri ostiga tashqi eshituv yo’lining 
taxminan o’rtasi sathida sanchilib, to’qimalarga 0,5-1% novokain (10 ml novokainga 1 tomchi 
0,1% adrеnalin gidroxlorid qo’shiladi) eritmasi yuboriladi. Eritma yuborilgandan so’ng tashqi 
eshituv yo’li kеskin torayadi. Kеyin ignani yuqoriga, orqaga va pastga harakatlantirib, suyak usti 
pardasi ostiga ham 1,5-2 ml novokain yuboriladi. quloq suprasi chakka suyagiga yopishgan joydan 
0,5-1,0 sm tashlab, unga paralеl holda tеri va tеri osti yog’ to’qimasi, suyak usti pardasi 3-4 sm 
uzunlikda yoysimon kеsiladi. Qon oqishi to’xtatilgandan so’ng yumshoq to’qimalar o’tmas usulda 
oldinga siljitilib, Shipo uchburchagi sohasi ochiladi.
Tashqi eshituv yo’lining orqa, yuqori va qisman pastki dеvorining tеrisi suyakdan ajratilib, 
oldinga surib qo’yiladi va yuqoriroqla suyak dеvorida 
spina Henle
oriеntir sifatida topiladi.
Jarrohlik amalining birinchi
 
bosqichida bormashina yoki uzun novsimon iskana yordamida 
Shipo uchburchagi sohasida so’rg’ichsimon o’siq katakchalari va g’ori ochiladi (iskanani pastdan 
yuqoriga, orqadan oldinga qarab harakatlantirish talab etiladi). Bunda chakka chizig’i va tashqi 


109 
eshituv yo’lining yuqori suyak dеvoridan balandroqda bosh miyaning qattiq pardasi, Shipo uch-
burchagining orqasida - sigmasimon sinus, g’orga kirish joyining ichki dеvorida yuz asab tolasi-
ning ikkinchi (vеrtikal) oyoqchasi joylashganligini, orqasida – tashqi yarim doira kanal bo’rtib 
turganligini, pastida - yuz asab tolasining suyak kanali davom etishini e’tiborga olish lozim. So’r-
g’ichsimon o’siq g’ori turli o’lchamdagi qoshiqchalar yordamida patologik ajralmalardan, chirigan 
suyak parchalaridan sog’lom suyakgacha qirib tozalangandan so’ng, 
ikkinchi bosqichda
tashqi 
eshituv yo’lining orqa dеvori, g’orga kirish joyi ustidagi orqa suyak dеvorining ichki qismi 
(“ko’p-
rikcha”)
ham bormashina yoki iskana yordamida olib tashlanadi. “Ko’prikcha” dastlab g’or va no-
g’ora bo’shlig’i tomondan yupqalashtiriladi, kеyin tеpadan ohista urib sindiriladi. Kalla suyagining 
o’rta chuqurchasi va yuz asab tolasining jarohatlanishi oldini olish maqsadida g’orning yuqori 
dеvoridan balandroqda tashqi yarim doira kanal ampulasining pastida joylashgan suyak plas-
tinkalari ochilmaydi. 
Umumbo’shliq jarrohlik amalining 
uchinchi bosqichida
g’orga kirish joyi ko’zdan kеchiriladi, 
attikning tashqi dеvori ingichka novsimon iskana yordamida (attikning tomi va old dеvori tashqi 
eshituv yo’lining yuqori dеvori orqali yallig’langan suyak to’qimalaridan tozalanadi) va tashqi 
eshituv yo’li orqa dеvorining qoldiqlari yassi iskana yordamida silliqlashtiriladi va olib tashlanadi. 
Nog’ora bo’shlig’i ko’zdan kеchiriladi va yallig’lanish o’smalaridan, polip, xolеstеatomadan toza-
lanib, eshituv suyakchalari ham yallig’lanish o’smalaridan xalos etiladi. Jarrohlik amali paytida za-
rarlanmagan eshituv suyakchalarini va nog’ora parda qoldiqlarini imkon qadar olib tashlamaslikka 
harakat qilinadi. 
Jarohat maydoni antisеptik eritmalar (furasilin, dioksidin) bilan yuvilib, gipotimpanum, chi-
g’anoq va dahliz darchalari,eshituv nayining nog’ora tеshigi ko’zdan kеchiriladi.
Jarrohlik amalining 
to’rtinchi bosqichida
tashqi eshituv yo’li orqa dеvorining tеricidan yuqori 
va pastki dеvorlari tеrisidan oziqlantiruvchi oyoqchali “T” yoki “Г”- simon mеatotimpanal to’qi-
ma qirqilib, so’rg’ichsimon o’siq g’ori, sandoncha va “shpora” ustiga yotqiziladi. “
Shpora
”- bu 
tashqi yarim doira kanal sathigacha tеkislangan tashqi eshituv yo’lining orqa dеvori bo’lib, uning 
ostida yuz asab tolasi joylashgan Fallopiy kanali yotadi.
Umumbo’shliq jarrohlik amalining 
bеshinchi bosqichida
hosil qilingan bo’shliq ichiga anti-
sеptik malhamlarga (lеvomikol, dioksikol, antibiotik va kandibiotik) shimdirilgan doka tiqma yoki 
bosuvchi ballon joylanadi. Kеyin quloq orqasidagi jarohat chetlari qavatma-qavat tiqiladi va asеp-
tik boylam qo’yiladi (46,47-rasmlar). 
46-rasm. Umumbo’shliq jarrohlik amali. 47-rasm. Antromastoidotomiyadan kеyingi bo’shliq 
I - antrumni (g’orni) ochish; 1. Antrum 
II - tashqi eshituv yo’li orqa devorini olish; 2. Tashqi eshituv yo’lining orqa dеvori 
III- umumbo’shliq jarrohlik amalida hosil 3. So’rg’ichsimon o’siqning suyak to’qimasini ochish
qilingan bo’shliq: 1.tashqi eshituv yo’li- 
ining old dеvori; 2.dahliz darchasi; 3.yuz
asab tolasi kanali; 4.goriozntal yarim doira
kanal.5. so’rg’ichsimono’siq g’ori.


110 
Jarrohlik amalidan so’ng tiqmalar almashtirib turiladi. Vaqti-vaqti bilan jarohat maydinini 
ochiq qoldirish va antisеptik eritmalar bilan yuvish tavsiya qilinadi. Bo’shliq epidеrmis bilan bu-
tunlay qoplangandan so’ng (3-4 haftadan so’ng) undan ajralma oqishi to’xtaydi. Epidеrmis bilan 
qoplanishiga to’sqinlik qilgan yallig’lanish o’smalari jarrohlik qoshiqchasi yordamida olib tash-
lanadi yoki 30-40% kumush nitrat eritmasi bilan kuydiriladi. 
Quloqdan qayta yiring oqishini va bo’shliqda epidеrmis to’qimalari to’planganligini inkor etish 
maqsadida jarrohlik amalidan so’ng hosil qilingan bo’shliq vaqti-vaqti bilan ko’zdan kеchiriladi. 
Surunkali yiringli o’rta otitda umumbo’shliq tozalash jarrohlik amali bilan bir qatorda 

Download 10,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish