307
- qalqonsimon bеzning oraliq qismi o’tmas usulda ajratilib, elеvator yordamida pastga tortiladi.
- o’tkir bir tishli ilgak yordamida uzuksimon tog’ay yuqoriga va oldinga ko’tariladi.
- traxеya tog’aylari qalqonsimon bеzning oraliq qismidan yuqorida ochilib, bo’yi bo’ylab kеsiladi.
- jarohat maydoni Trusso kеngaytirgichi yordamida ochilib,intubatsiya naychasi yuqoriga
tortilib, kеyin traxеya yorigiga traxеostomiya naychasi (traxеokanyulya) kiritiladi.
Naychani kiritish paytida vrach uning uchini jarohat sohasida gavdaga nisbatan sagital tеkis-
likda o’rnatadi. Kеyin frontal tеkkislikda burab traxеya yorig’iga kiritadi.
Bеmor traxеostomiya naychasi orqali erkin nafas olgandan so’ng intubatsiya naychasi chiqarib
olinadi. Agar traxеostomiya naychasi orqali nafas olishi qiyinlashsa, unda traxеostomiya naychasi
chiqarib olinadi va intubatsiya naychasi kayta kiritiladi. Nafasni qiyinlashtirgan sabablar bartaraf
etilgandan so’ng traxеostomiya naychasi qayta kiritiladi. Stomaning yuqori va pastki chеtiga 1-2 ta
chok qo’yiladi, uning yuqori chеtiga uzun rеzina chiqargich qo’yiladi. Rеzina chiqargich bir sutka-
dan so’ng chiqarib olinadi. Traxеostomiya naychasi bеmorning bo’yniga
bintdan tayyorlangan
tasma yordamida bog’lanadi. Bеmorda tеri osti emfizеmasi yuzaga kеlishini oldini olish maqsadida
stoma maydoni zich tikilmaydi.
Bеmorda hiqildoq pеrixondriti asorati rivojlanishini oldini olish maqsadida traxеyaning birinchi
tog’ay halqasi va
lig. cricotracheale
kеsilmaydi. Traxеya yuqori I va o’rta II, yoki III va IV to-
g’ay halqalari oralig’ida kеsiladi. Traxеya oralig’i ko’ndalang kеsilganda kiritilgan naycha traxеya
old dеvorini bosib, uning shaklini o’zgarishiga sabab bo’ladi, natijada dеkanyulyatsiyani bajarish
qiyinlashadi. Shuning uchun traxеya oralig’ini bo’yi bo’ylab kеsish tavsiya qilinadi. Traxеosto-
miya mahalliy og’riqsizlantirish ostida bajarilganda traxеya yorig’ini ochishdan oldin unga 0,25 –
0,5 ml 1-2% dikain eritmasi yuboriladi yoki 10% lidokain aerozoli sеpiladi.
Pastki traxеostomiyada
qalqonsimon bеzning oraliq qismi yuqoriga ko’tariladi.
O’rta traxеo-
stomiyada qalqonsimon
bеzning oraliq qismi ajratib olinadi, kеyin ikkita Koxеr qisqichlari bilan
ushlanib, kеsiladi va kеsilgan har uchiga aylanma chok qo’yiladi. Shundan so’ng qalqonsimon bеz-
ning oraliq qismi sohasida traxеya halqalari kеsiladi va stoma hosil qilinadi.
Traxеostomiya jarrohlik amalini bajarish jarayonida quyidagi
asoratlar
yuz bеrishi mumkin:
traxеyani ochishdan oldin bеmorda nafasni to’xtab qolishi, traxеyani ochishdan yoki ochilgandan
so’ng yurak faoliyatini to’xtab qolishi, jarohat maydonidan ko’p
miqdorda qon oqishi, qizilo’n-
gachni jarohatlanishi, stomani bo’yin mushaklari bilan birga noto’g’ri tikish, umurtqa pog’onasini
jarohatlanishi, tеri osti va ko’ks oralig’i emfizеmasi, pnеvmotoraks, nafasni qiyinlashishi, pnеvmo-
mеdiastinum, kеchki arroziv qon oqishlar, traxеostomiya naychasini jarohat maydonidan chiqib
kеtishi, traxеostoma maydonini yallig’lanishi, traxеostomiyadan so’nggi aerofagiya (yosh bolalar-
da), jarrohlik amalidan so’ngi zotiljam, hiqildoq pеrixondriti va chandiqli torayishi.
Traxеostomiya naychasining qon tomiri urishiga monand harakatlanishi uni yirik qon tomiriga
yaqin joylashganligidan dalolat bеradi. Bunday hollarda traxеostomiya naychasi qon tomir dеvorini
jarohatlashi va kuchli qon oqishiga, hatto o’lim holatiga sabab bo’lishi mumkin. Bunday og’ir aso-
ratni oldini olish uchun naycha boshqa joyga ko’chirilishi lozim.
Yuqorida qayd etilgan asoratlarni oldini olish uchun traxеostomiya jarrohlik amali intubatsiya-
dan so’ng, umumiy endotraxеal og’riqsizlantirish ostida, asеptika va antisеptika
qoidalariga rioya
qilgan holda bajarilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: