20
samaradorligi.
Texnik jihatdan tartibga solishning Davlat tizimi quyidagilardan iborat : O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli Davlat
organlari - Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash O‘zbek Agentligi, O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish Davlat
qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi , O‘zbekiston
Respublikasi mudofaa Vazirligi; Kompetentsiyasi doirasida, texnik jihatdan tartibga solish sohasida
faoliyat ko‘rsatayotgan Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari O‘zR Sog‘liqni Saqlash Vazirligi
vakolati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi mahsulotlar, ishlar va xizmatlar
xavfsizligining majburiy shartlarini ta'minlash sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish, ularning
tarkibida inson hayoti va sog‘lig‘i uchun zararli moddalar, kasallik chaqiruvchi organizmlar
miqdori, ularni kirib kelishi va tarqalishini oldini olish, tibbiy ashyolar, vositalar, tibbiy texnika va
dori vositalarini ishlab chiqarish va qo‘llash ishlarini tashkillashtiradi va ta'minlaydi. Texnik
jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
vakolatga ega Davlat organlari tarkibida, ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlar,
texnik reglamentlarga o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar ekspertizasini o‘tkazish, jumladan shu
reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar va ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash uchun tashkil
etiladi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari faoliyati, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tamonidan tasdiqlangan qarorga asosan amalga oshiriladi. Texnik
jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
ekspert kengashlari Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tarkibida tashkil etilib, umumiy va
mahsus texnik reglamentlar ishlab chiqish, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va to‘ldirishlar,
jumladan shu reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish uchun tashkil etiladi. Texnik
jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari faoliyati, O‘zbekiston standartlashtirish,
metrologiya va sertifikatlash Agentligi tamonidan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: