113
takomillashgan shakllari (ledensi, polimer pardalar va x.k) tahlilining o‗ziga xos tomonlari. Analitik
xizmatning korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bosqichlar bo‗yicha amalga oshirilishi
16-mavzu. Farmatsevtik biotexnologiyaning mohiyati,
uning farmatsevtika sohasidagi o‟rni
Farmatsevtik
biotexnologiyaning
mohiyati,
terminologik
tizimi.
Farmatsevtikada
biotexnologiyaning qo‘llanilish tarixi va rivojlanish istiqbollari.
17 -mavzu. Farmakognoziya fani va uning farmatsevtika sohasidagi o‟rni
Farmakognoziya fani dorivor o‗simliklarni izlab topish, morfologiyasini o‗rganish, biofaol
moddalarni kimyoviy va sifat reaksiyalarini o‗rganadi. O‗simliklarni biofaol moddalariga qarab
tasniflanishi, qo‗llanilishi kabi vazifalar tushuntiriladi.
18-mavzu. Mikrobiologiya haqida tushuncha va rivojlanish tarixi. Umumiy
bakteriologiya: bakteriyalar klassifikasiya va morfologiyasi
Mikrobiologiya fanining tarixi, taraqqiyoti, davrlari mikrobiologiya fanining sanoat
farmatsiya faoliyatidagi ahamiyati bilan tanishtiriladi. Kimyoviy mikrobiologiya fanining boshqa
fanlar bilan o‗zaro bog‗liqligi. Mikroorganizmlar sistematikasi, nomenklaturasi tushuntirilib, har bir
turkumga kiruvchi mikroorganizmlarning morfologik xossalariga tasnif beriladi. Berilgan tasnifi
bo‗yicha mikroorganizmlarni farqlari tushuntiriladi.
IV.
Amaliy (seminar) mashg‟ulotlar bo„yicha ko„rsatma va tavsiyalar
Amaliy (seminar) mashg‘ulotlar
uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1.
Farmatsevtika sohasi, tarixi, ob′ektlari va terminologik tizimi
2.
O‗zbekistonda dori vositalarini standartlash tizimi va rivojlanish istiqbollari
3.
Dori vositalarini standartlash va sifat nazoratini boshqarish tizimining huquqiy asoslari
4.
Farmatsevtik tahlilda metrologik usullarning qo‗llanil ishi
5.
Standartlash va sertifikatlash fanining mohiyati, maqsad va vazifalari
6.
Dori vositalarini ishlab chiqarish valdiatsiyasi mohiyati
7.
Farmatsevtika sohasida kimyo fanlarining tutgan o‘rni
8.
Farmatsevtik texnologiya, sanoat farmatsiyasi, farmatsevtik biotexnologiya anlarining
mohiyati
9.
Farmakognoziya va mikrobiologiya haqida tushuncha va ularning rivojlanish tarixi.
Seminar mashg‘ulotlar
multimedia qurulmalari bilan jixozlangan o‘quv xonalarida akademik
guruxga bir professor-o‗qituvchi tomonidan o‗tkazilishi lozim. Mashg‗ulotlar faol va interaktiv
usullar yordamida o‗tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‗llanilishi
maqsadga muvofiq.
Seminar mashg‘ulotlarda talabalar ma‘ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini
vaziyatli masalalar, keyslar orqali yanada boyitadilar. Shu bilan birga, darslik va o‘quv qo‘llanmalar
asosida talabalar bilimini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish orqali
talabalar bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha taqdimotlar va boshqalar tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: