109
I.
O„quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta‟limdagi o„rni
O‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»ga muvofiq yuqori darajada ma‘naviy va ahloqiy sifatlarga ega bo‗lgan malakali kadrlarni
tayyorlash ilmiy asoslangan, xalq manfaatlariga javob beruvchi dasturni ishlab chiqishni taqozo
etmoqda.
Mazkur tayyorlangan dastur O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O`zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida‖gi 2017 yil 7
fevraldagi PF-4947-son farmoni va O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim
vazirligining ―O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 fevraldagi 81- sonli buyrug`ida
belgilangan vazifalar hamda xorijiy adabiyotlardan foydalanilgan holda ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda dori vositalarini sifatini ta‘minlash muhim ahamiyatga ega bo‗lib, bunga sabab
dori vositalarining sifatiga qo‗yilayotgan talabning ortib borishidir. Ya‘ni sifat olingan oxirgi
mahsulotda emas balki uning xom ashyodan boshlab to bemorga yetib borgunigacha bo‗lgan barcha
bosqichlarni o‗z ichiga oladi. Fanni o‗rganish davomida – GMP, GLP, GCP, ISO, ICN standartlari
va PIC/S ko‗rsatmalariga e‘tibor qaratiladi. Fanni o‗rganish natijasida kerakli bilim va amaliy
ko‗nikmalarga ega bo‗lgan farmatsevt, MX talablari asosida dori vositasini sifatiga baho bera olish
malakasini egallashdan tashqari dori vositalarini ro‗yxatga olish, ularni olishda foydalanilayotgan
xom ashyo, texnologik jarayondagi oraliq mahsulotlar, jixozlar, binolar, saqlash sharoitlari,
tashilishi sifatini baholash, dori vositasini olinish jarayonida xavfsizlikni ta‘minlash, xar bir jarayon
uchun standart operatsion tadbir rejalarini, texnologik reglamentlarni tuzish, ro‗yxatdan o‗tkazish
masalalarini ham hal eta olish kerakligi haqida tassavurga ega bo‘ladi.
Mutaxasislikka kirish fani yuqori malakali dori vositalarini standarnlashtirish, sifatini nazorat
qilish va dori vositalarini sifatini boshqaruvchi-mutaxassislarni tayyorlashda boshlang‘ch fanlardan
biri bo‗lib, u farmatsevtika sohasiga talabalarni qiziqtirish dori moddalarini olish yo‗llarini,
fizikaviy va kimyoviy xossalarini, ularning kimyoviy tuzilishi bilan kishi organizmiga bo‗lgan
ta‘siri orasidagi munosabatlarni hamda dori moddalarining sifatini nazorat qilish (tahlil) usullarini
va saqlash shart-sharoitlarini o‗rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: