O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi


Tayanch so`z va iboralar: Farmatsevtik biotexnologiya, Biofarmasiya, ANTIBIOTIKLAR



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/135
Sana01.06.2022
Hajmi4,1 Mb.
#625125
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   135
Tayanch so`z va iboralar: Farmatsevtik biotexnologiya, Biofarmasiya, ANTIBIOTIKLAR, 
Vitaminlar, 
 
Farmatsevtik biotexnologiya asosan vaksinalar, gormonlar, fermentlar, interferonlar, 
antibiotiklar, aminokislotalar, vitaminlar, alkaloidlar, polisaxaridlar va shu kabi boshqa biologik 
aktiv moddalarni ishlab chiqarishni o‗z ichiga oladi. 
Dori preparatlari vrachlarning universal quroli deb ta‘kidlaydi akademik Ivan Pavlov. Chunki 
hozirgi vaqtda vrachlarning 90% bemorlarni dori preparatlari bilan davolaydi. Dorivor moddalar 
ishlab chiqarish bo‗yicha, yaqin kelajakda farmatsevtik biotexnologiya - an‘anaviy texnologiyalarni 
siqib chiqaradi va prinsipial yangi imkoniyatlar ochib beradi. 
Bugungi kunda biotexnologik usullar yordamida, gen-injenerli oqsillar (interferonlar, 
interleykinlar, insulin, grippga qarshi vaksinalar va h.k.), fermentlar, diagnostika mahsulotlari 
(narkotiklarga test sistemalar, dorivor moddalar, gormonlar va h.k.), vitaminlar, antibiotiklar, 
bioparchalanuvchan plastmassalar, biomassa materiallari va boshqa ko‗plab modda va preparatlar 
ishlab chiqarilmoqda. 
Zamonaviy farmatsevtik biotexnolog o‗zining professiyasi doirasida, boshqa BFM qatorida 
dori-darmonlarni ishlab-chiqarish uchun zarur bo‗lgan biotexnologik jarayonlarni yaxshi bilishi 
shart. Bioobyektlar asosida olinadigan dorivor moddalarni nomenklaturasi tobora kengayib 
bormoqda. Bunday dorivor moddalarga quyidagilar kiradi: 
Davolovchi dorivor moddalar: aminokislotalar va ular asosida yaratilgan preparatlar; 
antibiotiklar; fermentlar; qon va plazma o‗rnini bosadigan gidrolizatlar; gormonlar (steroidlar va 
polipeptid tabiatli); alkaloidlar. 
Profilaktika 
uchun 
ishlatiladigan 
moddalar: 
vaksinalar; 
interferonlar; 
zardoblar; 
immunomadulyator; normofloralar. 
Diagnoz qo‗yish uchun ishlatiladigan moddalar: fermentli va ummunli diagnostikumlar; 
monoklonal antitelolar va immobillangan hujayralar asosida tayyorlangan moddalar.
ANTIBIOTIKLAR ISHLAB CHIQARISH 
Antibiotiklar 

organizmlar hayot faoliyatining maxsus mahsuloti yoki ularning 
modifikatsiyasi, ayrim mikroorganizmlarga (bakteriyalar, zamburug‗lar, suv o‗tlariga, sodda 
hayvonlarga) viruslarga va boshqalarga nisbatan yuqori fiziologik faollikka ega bo‗lgan, ularni 
o‗sishini to‗xtatadigan yoki taraqqiyotini butunlay yo‗qotadigan fiziologik faol moddalardir. 
Antibiotiklarni ta‘sir doirasiga ko‗ra ikki guruhga bo‗linadi: 
1. Tor spektr ta‟sirga ega 
bo„lgan antibiotiklar: 
benzilpenitsillin (penitsillin G), novobiotsin, grizeo-fulfin va boshqa 
antibiotiklar; 
2. Keng spektrli biologik ta‟sirga ega bo„lgan antibiotiklar: 
tetratsiklinlar, xloramfenikol, 
trixotetsin va boshqalar kiradi. 
Vitaminlar. Har xil kimyoviy tuzilishga ega bo‗lgan birikmalar vitaminlar bo‗lib, xususiyati 
va tuzilishlariga ko‗ra ularning tarkibi o‗zgarib turadi. 


67 
BAKTERIYALARDAN OLINADIGAN OQSIL KONSENTRATLARI. Achitqilar qatori, 
hayvonlar oziqasiga qo‗shib ishlatish uchun bakteriyalardan olinadigan oqsil konsentratlari 
tarkibidagi oqsil miqdori 60-80% ni tashkil etadi. 
ZAMBURUG‗LARDAN OLINADIGAN OZUQA OQSILLARI. Zamburug‗larni mitseliylari 
oqsil va almashinmaydigan aminokislotalarga boy manba hisoblanadi. O‗zlarini oziqaviy 
xususiyatlari bo‗yicha mitselial zamburug‗lardan olinadigan oqsil moddalari, soya va go‗sht 
oqsiliga yaqin turadi, shuning uchun ham nafaqat chorvachilikda, balki inson taomlariga 
qo‗shimcha moddalar sifatida qo‗shiladi. Mitselial zamburug‗larni sanoat sharoitida o‗stirish uchun 
oziqa manbai sifatida odatda lignin, gemitsellyuloza, kletchatka saqlovchi o‗simlik chiqindilari 
ishlatiladi. 
Hozirgi vaqtda o‗simlik zararkunanda hashoratlariga qarshi ko‗plab mikroorganizmlar 
majmuasi o‗rganilgan va bular asosida mikrob biopreparatlari tayyorlashning ilmiy asosi yaratilgan. 
Sanoat asosida ko‗plab preparatlar ishlab chiqarilmoqda va amaliyotda keng qo‗llanilmoqda. 
Bunday preparatlarni tayyorlash uchun bakteriyalar, zamburug‗lar va viruslardan foydalaniladi. 
Preparatlarni ishlab chiqarishda mikroorganizmlarning fiziologiyasi va biokimyoviy xususiyatlari 
hamda preparat nima maqsadda qo‗llanilishi e‘tiborga olinadi. 
Mikrob preparatlarini ishlab chiqarishga quyiladigan talablar: 
-ularning spetsifikligi, faqat ma‟lum turdagi zararkunandalarga ta‟sir qilib, foydali 
hashoratlarga beziyonligi;
-yuqori samarali ta‟sir kuchiga ega bo„lishi;
-ishlab chiqarish va qo„llashning qulayligi;
-odam va hayvonlarga nisbatan xavfsiz bo„lishi;
-preparatning foydali xususiyatlarining uzoq saqlanishi;
-uning yaxshi namlanishi va eritmasining barqarorligi;
-o„simlik bargiga va boshqa organlariga yopishqoqligi va u erda uzoq vaqt saqlanishi va x.k
3. Qadim zamonlarda ham dori vositalarini olish bir necha qiyinchiliklar tug‗dirgan. M: 
yurak va ko‗z kasalliklarida... 
Ko‗pchilik kasalliklarga deyarli bir xil dorilar ishlatilgan bo‗lib, ular yillar mobaynida ijobiy 
emas, balki salbiy natija berib kelgan. Hozirgi vaqtda ba‘zi ingibitorlarni dori sifatida ishlatmaslik 
choralari o‗rganilmoqda. 
Har qanday dori moddasini yoki metabolitlar olish uchun birinchi navbatda xom-ashyo 
tanlanishi, ya‘ni metabolit va dorivor moddalarlarning tabiatiga katta e‘tibor qaratilishi 
lozim.Farmatsevtik biotexnologiyada dori preparatlari va ularning kasalliklarni davolashdagi o‗rni, 
dori-darmon turlarining tobora ko‗payishi, tibbiyot amaliyotida yangi farmakologik xususiyatlarga 
ega dori-darmonlarning tatbiq etilishi, ba‘zi bir qo‗llanilayotgan dorivor moddalarning ayrim 
ko‗ngilsiz ta‘sirlarini namoyon bo‗lishi va shu kabilar hozirgi zamon dorishunos olimlar fikrini 
tubdan o‗zgarishlariga sabab bo‗ldi. SHuning uchun dori moddalarining yangi ta‘sir mexanizmlari 
ishlab chiqildi va bu davom etmoqda.Hozirgi vaqtda nafaqat dori moddalari, balki o‗simlik 
zararkunanda hashoratlariga qarshi ham ko‗plab mikroorganizmlar majmuasi o‗rganilgan va bular 
asosida mikrob biopreparatlari tayyorlashning ilmiy asosi yaratilgan. Sanoat asosida ko‗plab 
preparatlar ishlab chiqarilmoqda va amaliyotda keng qo‗llanilmoqda. Bunday preparatlarni 
tayyorlash uchun bakteriyalar, zamburug‗lar va viruslardan foydalaniladi. Preparatlarni ishlab 
chiqarishda mikroorganizmlarning fiziologiyasi va biokimyoviy xususiyatlari hamda preparat nima 
maqsadda qo‗llanilishi e‘tiborga olinadi. Farmatsevtik biotexnologiya tadqiqotlarining asosiy 
maqsadi- ushbu bosqichlarning har birining samaradorligini maksimal darajada oshirish va 
maqsadli mahsulotlarni olish uchun yordam beruvchi mikroorganizmlarni izlashdan iborat. 
Biofarmatsiya- farmatsiya sohasining yangi yo‗nalishi bo‗lib, dori shakli, turlari va ularning 
organizm tomonidan oson so‗rilishi, qondagi konsentratsiya o‗rtasidagi bog‗liq masalalar asosida 
qiziqish va tajriba hosilasidir. 
Biofarmatsiya- dori moddalarining terapevtik faolligiga ta‘sirini yanada chuqurroq 
o‗rganuvchi fan bo‗lib, dorilarning konsentratsiyasini va ularning metabolitlarini (parchalangan 


68 
qoldiqlari) qonda, plazmada, mochevina (siydik) va shunga o‗xshash biologik suyuqliklarda 
bo‗lgan miqdorini aniqlashda zamonaviy usullar va asboblar ishlab chiqish va tatbiq etishdan iborat. 
Biofarmatsiya farmatsevtika fanining yangi tarmog‗i sifatida 1960 yillardan boshlab faoliyat 
ko‗rsatib kelmoqda. 
Hozirgi vaqtda dori moddalarning terapevtik ta‘sirini o‗zgartirishi mumkin bo‗lgan omillar 5 
ta guruhga bo‗linadi: 
1.Dori oddiy kimyoviy turlanishi (tuz, kislota, asos, geterotsiklik holat, efir bog‗lari, 
kompleks birikmalari); 
2.Dori moddalarining fizik holati (kristal formasi, polimorfizm, maydalik darajasi, 
zarrachalarning zaryadlanganligi); 
3.Yordamchi moddalar, ularning miqdori va xossalari); 
Dori shakli qo‗llanilish usullari 
Farmatsevtik texnologiya jarayoni. 
Biofarmatsiya farmakologiya bilan bog‗liq holda dori moddalarining farmakologik ta‘sirini 
kuchaytirish, salbiy ta‘sir darajasini kamaytirish, preparatlarni esa modda holida emas, balki dori 
shaklida o‗rganadi. 

Dorivor moddalar ishlab chiqarish bo‗yicha, yaqin kelajakda farmatsevtik 
biotexnologiya - an‘anaviy texnologiyalarni siqib chiqaradi va prinsipial yangi imkoniyatlar ochib 
beradi. 

Bugungi kunda biotexnologik usullar yordamida, gen-injenerli oqsillar (interferonlar, 
interleykinlar, insulin, grippga qarshi vaksinalar va h.k.), fermentlar, diagnostika mahsulotlari 
(narkotiklarga test sistemalar, dorivor moddalar, gormonlar va h.k.), vitaminlar, antibiotiklar, 
bioparchalanuvchan plastmassalar, biomassa materiallari va boshqa ko‗plab modda va preparatlar 
ishlab chiqarilmoqda. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish