O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Download 12,25 Mb.
bet341/453
Sana08.02.2022
Hajmi12,25 Mb.
#436948
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   453
Bog'liq
Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

Miqdoriy tahlil. 1-usul. 5 ml preparatni hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 6 ml alyuminiy xlorid eritmasidan qo’shiladi, eritmani 3 daqiqa davomida qaynab turgan suv hammomida ushlab turiladi, tezda sovutiladi, pH 4,0 bo’lgan bufer eritmadan 2 ml qo’shiladi, eritma hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.
Hosil bo’lgan eritmaning optik zichligini spektrofotometrda 409 nm to’lqin uzunligida qalinligi 10 mm bo’lgan kyuvetada aniqlaniladi. Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasida tayyorlangan 5 ml preparat, 2 ml pH 4,0 bo’lgan bufer eritma va hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkazib hosil qilingan eritmadan foydalaniladi.
Parallel ravishda tarkibida 1 ml giperozid GSN saqlagan eritmaning optik zichligini ham o’lchanadi, ushbu eritmani tayyorlash uchun tekshiriluvchi eritmani tayyorlash jarayoni bayonidagi “25 ml hajmli o’lchov kolbasiga solinadi” so’zlaridan boshlab davom etgan amallar takrorlanadi. Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml o’lchov kolbasida tayyorlangan, 1 ml giperozid GSN, 2 ml pH 4,0 bo’lgan bufer eritma va hajmini 70% li etil spirti bilan belgisigacha yetkazib hosil qilingan eritmadan foydalaniladi.
Flavonoidlarning giperozid uchun hisoblangan umumiy foiz miqdori (X) quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:

bu yerda: D1 – tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi;
D0 – giperozid GSN eritmasining optik zichligi;
m0 – tortib olingan giperozid GSN ning og’irligi, grammlarda.
Preparatdagi flavonoidlarning giperozidga nisbatan hisoblangandagi miqdori 0,002% dan kam bo’lmasligi kerak.
Ilova. 1. Giperozid GSN eritmasini tayyorlash. Oldindan 130-135ºC haroratda 3 soat davomida quritilgan giperozid GSN (FM 42-1088-81) dan 0,05 g (aniq tortma) olib hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va 50 ml 70% li etil spirti bilan suv hammomida qizdirilib turgan holda eritiladi, eritmani xona haroratigacha sovutiladi, eritma hajmi keltirilgan spirt bilan kolba belgisigacha yetkaziladi, aralashtiriladi.
Eritmaning yaroqlilik muddati 1 oy.
2. pH 4,0 bo’lgan bufer eritmasini tayyorlash. 10 ml 1 mol/l natriy gidroksidini hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 57 ml sirka kislotasi qo’shiladi, belgisigacha suv bilan yetkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmaning yaroqlilik muddati 2 oy.
3. Alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2 g alyuminiy xloridni (DSt 3759-75) hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va 50 ml 70% li etil spirtida eritiladi, eritma hajmi keltirilgan spirt bilan belgigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmaning yaroqlilik muddati 3 oy.
2 – usul (alternativ). 5 ml preparatni hajmi 25 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi, 6 ml alyuminiy xlorid eritmasidan qo’shiladi, suv hammomida 3 daqiqa davomida qizdiriladi, tezda sovutiladi, belgisigacha 70% li etil spirti bilan yetkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmaning optik zichligi spektrofotometrda 430 nm to’lqin uzunligida va qalinligi 10 mm li kyuvetada o’lchanadi.
Solishtiriluvchi eritma sifatida hajmi 25 ml li o’lchov kolbasida tayyorlangan 5 ml preparat va hajmi belgisigacha 70 % li spirt bilan yetkazilgan eritmadan foydalaniladi.
Preparat tarkibidagi flavonoidlarning kversetinga nisbatan hisoblangan foiz miqdori (X) nisbiy yutish ko’rsatkichi   yordamida topiladi:

bu yerda: D1 – tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi;
475 – kversetin va alyuminiy xlorid kompleksining 430 nm to’lqin uzunligidagi nisbiy yutish ko’rsatkichi   .
Flavonoidlar yig’indisining kversetinga nisbatan hisoblangandagi miqdori 0,002% dan kam bo’lmasligi kerak.
Ilova. 1. Alyuminiy xlorid eritmasini tayyorlash. 2 g alyuminiy xloridni (DSt 3759-75) hajmi 100 ml bo’lgan o’lchov kolbasida 50 ml 70% li etil spirti bilan eritiladi, eritma hajmi keltirilgan spirt bilan kolba belgisigacha yetkaziladi va aralashtiriladi.
Eritmaning yaroqlilik muddati 3 oy.

Download 12,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   453




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish