Tavsif. Rangsiz, tiniq suyuqlik.
Chinligi. 1 ml preparat natriyga xos bo’lgan A reaksiyani beradi (DF XI, 1-nashr, 162 b.).
0,5 ml preparat xloridlarga xos bo’lgan reaksiyani beradi (DF XI, 1-nashr, 159 b.).
10 ml preparat kaliyga xos bo’lgan B reaksiyani beradi (DF XI, 1-nashr, 159 b.).
10 ml preparat atsetatlarga xos bo’lgan reaksiyani beradi (DF XI, 1-nashr, 159 b.).
Tiniqligi. Preparat inyeksiya uchun suv bilan solishtirilganda tiniq bo’lishi kerak (DF XI, 1-nashr, 198 b.).
Rangliligi. Preparat inyeksiya uchun suv bilan solishtirilganda rangsiz bo’lishi kerak (DF XI, 1-nashr, 194 b.).
pH. 6,5 dan 7,5 gacha (potensiometrik; DF XI, 1-nashr, 113 b.).
Zichligi. 1,002 g/sm3 dan 1,005 g/sm3 gacha (DF XI, 1-nashr, 24 b.,1-usul).
Do'stlaringiz bilan baham: |