In’eksion eritmalarning tiniqligi
In’eksion eritmalar in’eksion suv yoki eritmani tayyorlash uchun ishlatilgan erituvchiga nisbatan tiniq, bo‘lshi lozim, agar xususiy farmakopeya maqolasida boshqa ko‘rsatma bo‘lmasa.
In’eksion eritmalarning rangliligi
Parenteral yo‘l bilan qabul qilinadigan dori vositalarining rangi XI DF ga ko‘ra etalonga nibatan aniqlaniladi. Buning uchun tekshirilayotgan eritma konsentratsiyasi bilan bir xilda dori moddasining eritmasi (etalon) tayyorlanib, ko‘z orqali, oq fonda eritmalarning rangi aniqlaniladi. Tekshirilayotgan eritmaning rangi etalonga nisbatan deyarli farq qilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |