Lipofil asoslar. XI DF bo‘yicha lipofil asos sifatida kakao moyi, uning parafin bilan birgalikdagi qotishmalari va gidrogenizatsiya qilingan moylar, qattiq moy, lanol, gidrogenizatsiya qilingan moylarni mumlar bilan birgalikdagi qotishmalari, shuningdek qattiq parafindan foydalanish mumkin.
Lipofil asoslarga quyidagi talablar qo‘yilgan:
to‘g‘ri ichakda oson erishi kerak,
suyuqlanish harorati 370S dan ortmasligi lozim,
etarlicha qattiqlikka va suyuqlanish haroratida uncha katta bo‘lmagan intervalga ega bo‘lishi kerak,
etarli qovushqoqlikka ega bo‘lishi lozim,
suyuqlikni yaxshi yutishi kerak,
saqlash davomida turg‘un bo‘lmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |