Xususiy va umumiy aralashmalar.
Tabletkalarni maydalab olingan 2,0 g kukunni hajmi 10 ml bo’lgan o’lchov kolbassiga solinadi, ustiga 5ml butilgidroksitoluol-atsetonitril (0,5:1) aralashmasini solib 5 daqiqa davomida chayqatamiz. Kolba belgisigacha yuqorida foydalanilgan erituvchi bilan yetkazamiz va “moviy tasma” filtri yordamida filtrlaymiz (20 mg/ml). oldindan metanol bilan yuvilgan va havoda quritilgan silikagel sorbentli xromatografiya plastinkasining (Merck No 5553) start chizig’iga 4 mkl dan A,B standart eritmasi va tekshiriluvchi eritmani tomizamiz. Plastinkani azot oqimida quritiladi va 1 ml aralashmada 0,5 mg butilgidroksitoluol saqlagan siklogeksan:xloroform:izopropil spirti (5:2:1) eritmalari aralashmasi solingan kameraga joylashtiriladi. Xromatografiyalash eritmalar plastinka balandligining ¾ qismiga ko’tarilgunicha davom ettiriladi. So’ng plastinkani kameradan olib, eritmalar frontini belgilab olinadi va azot oqimida quritiladi. Plastinkaga metanol va sulfat kislotasi aralashmasi (8:2) purkaladi, 30 daqiqa davomida 110ºC haroratda qizdiriladi va xromatografiya tezlik bilan o’qiladi. Xech qaysi qo’shimcha dog’lar intensivligi va o’lchamiga ko’ra B eritma hosil qilgan asosiy dog’ (2,5%) o’lchami va intensivligidan yuqori bo’lmasligi kerak. Barcha qo’shimcha dog’larning o’lchami va intensivligi yig’indisi A eritma hosil qilgan asosiy dog’ intensivligi va o’lchamidan katta bo’lmasligi kerak.
Ilova: simvastatinning A va B standart eritmasini tayyorlash. 50 mg simvastatinni (Yevr. F.2003, AQSH F. 26) 50 ml butilgirdoksitoluol-atsetonitrilning 0,5:1 nisbatdagi aralashmasida eritamiz (A eritma) (1mg/ml).
25 ml A eritmani hajmi 50 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solamiz va eritma hajmi kolba belgisigacha butilgirdoksitoluol-atsetonitrilning 0,5:1 nisbatdagi aralashmasi bilan yetkazamiz – B eritma (0,5 mg/ml).
Erishi. Aniqlash Brit.F., ga asosan “Parrakli aralashtirgich” asbobidan foydalangan holda olib boriladi.
Erituvchi muhit – 0,5% li natriy laurilsulfatning pH 7,0 bo’lgan 0,01 M li fosfat buferidagi eritmasi, erituvchi muhit hajmi – 900 ml, harorat – 37±1ºC, aralashtirgichning aylanish tezligi – 50 ayl/daq, erish vaqti – 30 daqiqa.
Tekshirish uchun 1 ta tabletka olib, eritish uchun idishga solamiz. 30 daqiqadan so’ng idish markazidan 50 ml namuna olinadi va teshigining diametri 0,45 mkm bo’lgan “Millipor” filtrida filtrlab olinadi, boshlang’ich 10 – 15 ml filtratni tashlab yuboramiz.
50 mkl miqdordagi tekshiriluvchi eritma va simvastatinning ISN eritmasini UB – detektorli yuqori sifatli suyuqlik xromatografiyasi usulida 150 x 3.9 mm o’lchamli Nova-Pak C18 60 A kolonkasida, har bir eritmadan 3 tadan kam bo’lmagan miqdordagi xromatogramma olinmagunicha navbatma navbat xromatografiyalanadi, sharoit “Miqdoriy tahlil” bo’limida ko’rsatilgan.
Tabletkadan eritmaga o’tgan simvastatinning foiz miqdori quyidagi formula yordamida aniqlaniladi:
bu yerda S0 – standart namuna xromatogrammasidan olingan simvastatin ISN eritmasi hosil qilgan cho’qqi maydonining o’rtacha qiymati;
S1 – tekshiriluvchi eritma xromatogrammasidan olingan cho’qqi maydonining o’rtacha qiymati;
ast – simvastatin ISN miqdori, mg;
a – simvastatin miqdori, “1 ta tabletka uchun tarkib” bo’limida keltirilgan, mg;
P – standart namunasidagi simvastatinning foiz miqdori.
30 daqiqadan so’ng eritmaga o’tgan simvastatin miqdori “1 ta tabletka uchun tarkib” maqolasida keltirilganidek 85% dan kam bo’lmasligi kerak.
Ilova. Erituvchi muhitni tayyorlash. 30 g natriy lauril sulfat va 9,36 g bir asosli natriy fosfatni 6 l suvda eritiladi. pH 7,0 ga kelgunicha NaOH ning 50% li eritmasi qo’shiladi.
Standart eritmani tayyorlash. 10 mg (aniq tortma) simvastatin ISN (Yevr.F 2003, AQSH 26) ni hajmi 100 ml bo’lgan kolbaga solinadi. Erituvchi muhit sifatida tayyorlangan eritmadan 50 ml solib, to’liq erib ketguncha aralashtiramiz va erituvchi bilan eritma hajmi kolba belgisigacha yetkaziladi. Hosil bo’lgan eritmadan 5 ml olib hajmi 50 ml bo’lgan o’lchov kolbasiga solinadi va hajmi kolba belgisigacha erituvchi bilan yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |