NAZORAT USULLARI
Diklofenak
Tabletkalar 0,05 g dan
1. Tavsif. Oq rangli, riskali va fiskali tabletkalar. Tabletkalarning tashqi ko’rinishi U DF, Tabletkalar maqolasida keltirilgan talablarga mos kelishi kerak.
2. Chinligi.
2.1. Miqdoriy tahlil uchun olingan tekshiriluvchi eritmani ultrabinafsha nurni yutishi 250 dan 350 nm to’lqin oralig’ida tekshiriganda maksimal uzunlikdagi to’lqin (276±2)ni namoyon qilishi kerak. Tekshirish U DF, 2.2.25. ga asosan olib boriladi.
2.2. Tekshiriluvchi B eritma tarkibidagi yot aralashmalarni Tekshirish jarayonida olingan xromatogrammada hosil bo’lgan asosiy dog’ balandligi diklofenak natriy SN A eritmasi hosil qilgan dog’ balandligi bilan mos kelishi kerak.
Preparat natriy ioniga xos reaksiyani beradi. Tekshirish U DF, 2.3.1. ga asosan olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |