Xlorid kislotada erimaydigan kulni aniqlash.
Vazifa.
Dorivor o‘simlik xom ashyosi tarkibidagi xlorid kislotada erimaydigan kul miqdorini aniqlang.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.
10% li xlorid kislotasi eritmasi.
Soat oynachasi.
Suv xammomi.
Tozalangan suv.
Filtr qog‘ozi.
Ishni bajarish tartibi.
Dorivor o‘simlik xom ashyosini yoqish va kuydirish natijasida qolgan qoldiqqa 15 ml 10% li xlorid kislotasi qo‘shiladi. So‘ngra tigel soat oynachasi bilan yopilib, 10 daqiqa suv xammomida qizdiriladi. Keyin tigelga soat oynachasini yuvgan xolda 5 ml suv quyiladi. Suyuqlik kulsiz filtr orqali filtrlanadi. Qoldiq bir necha marta issiq suv bilan yuviladi toki xloridlarga reaksiya bermay qolguncha. So‘ng filtrat tigelga qaytib solinib, quritiladi va yuqorida ko‘rsatilgandek kuydiriladi va tortiladi.
7-laboratoriya ishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |