Tashqi ko‘rinishi qurollanmagan ko‘z bilan kuzatib aniqlanadi.
M: O - o‘lchamli och yashil qattiq jelatina kapsulasi. Kapsula ichidagi modda – och jigarrangdan to‘q jigarranggacha rangli poroshok. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha Evropa farmakopeyasi talablariga javob berishi kerak (Adeno-Rits kapsulasi)
Kapsulalarni o‘rtacha og‘irligini aniqlash.
O‘rtacha og‘irlikni aniqlash uchun 20 ta ochilmagan kapsula birgalikda 0,001 g aniqlikda tortiladi, so‘ngra o‘rtacha og‘irligi aniqlaniladi. So‘ng har bir kapsula shu aniqlikda alohida tortilib, o‘rtacha og‘irlikdan farqi, foiz miqdorda topiladi. U ±10% dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |