Gidrofil asoslar. Ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
shilliq qavat sekretsiya bezlarda tez va to‘liq erishi,
shilliq qavatni qitiqlamasligi,
gidrofob xossaga ega bo‘lgan dori moddalari bilan yaxshi aralashishi,
kimyoviy va farmakologik nuqtai nazardan indifferent bo‘lishi lozim.
Gidrofl asoslarning aksariyatini etilenoksid va suvning polimer kondensatlari - polietilenglikollar tashkil etadi. Bugungi kunda polietilenglikollarning molekulyar massasiga qarab quyidagi turlari mavjud: PEG-400, 1500, 2000, 4000 va 6000. Chet ellarda polietilenglikol asosida sintez qilingan quyidagi asoslar shamchalar texnolgiyasida keng ko‘lamda ishlatilib kelinmoqda: “Karbovaks” (SSHA), “Skurol” (Fransiya), “Postonal”, “Suppofarm” (Germaniya).
Do'stlaringiz bilan baham: |