O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Download 12,25 Mb.
bet327/453
Sana08.02.2022
Hajmi12,25 Mb.
#436948
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   453
Bog'liq
Dori vositalarining sanoat texnologiyasi

Osmolyarlik. 1 – usul. Osmolyarlikni Bekman termometri yordamida aniqlash. Muzlash harorati 1 – rasmda ko’rsatilgan qurilmada aniqlaniladi. Qurilma diametri 30-35 mm va uzunligi 200 mm bo’lgan A idishdan iborat bo’lib, bu idishga tekshiriluvchi eritma solinadi; idishning yuqori qismi kengaygan bo’lib, B termometr va B aralashtirgichni joylash uchun ikkita teshikchaga ega bo’lgan tiqin bilan yopiladi; A idishni kengroq G idishga o’rnatilgan bo’lib, A idish G idishning devori yoki pastki qismiga tegmaydi; termometr ham A idishning devori va pastki qismiga tegmasligi kerak; G idishdagi sovituvchi aralashma sathi A idishdagi tekshiriluvchi eritma sathidan past bo’lmasligi kerak. Tajribani o’tkazish davomida eritma termometrning simobli qismini o’rab turishi kerak. Sovituvchi aralashma harorati erituvchining (bidistillangan suv uchun -3÷-5ºC) muzlash haroratidan 3-5ºC past bo’lishi kerak; minus haroratni nazorat qilish uchun 0,5ºC bo’limli D manfiy termometridan foydalaniladi. Sovituvchi aralashma tarkibi: muz-kristallik natriy xloridi.

A – tekshiriluvchi eritma solingan idish; B – Bekman termometri; V – aralashtirgich; G – sovituvchi aralashmali idish; D – sovituvchi aralashma haroratini o’lchovchi termometr.
Aniqlash usuli. Krioskopik tajribani o’tkazish uchun Bekman termometrini shunday o’rnatishda simob miqdori hisobga olinadi, bunda toza erituvchi muzlagan vaqtda kapillardagi simobning meniski o’lchov shkalasining yuqori qismida joylashishi kerak. Bundan tashqari suvli eritmaning muzlash haroratining pasayishi qayd qilinishi mumkin.
Erituvchi yoki tekshiriluvchi eritmaning muzlash haroratini aniqlash uchun ichki kichik probirkaga yon teshik orqali 28-30 g suyuqlik solinadi, huddi shu yerga aralashtirgich va Bekman termometri joylashtiriladi. Erituvchini sovushiga imkon beriladi (aralashtirmasdan sovutiladi) va termometr kutilgan muzlash nuqtasidan (0,2-0,3) ºC past haroratni ko’rsatsa, aralashtirish yordamida erituvchi kristallari tushiriladi; bundan tashqari suyuqlik muzlash nuqtasigacha qizdiriladi – maksimal harorat ( uch marta o’lchash orqali olingan natijalar orasidagi farq 0,01 ºC dan ortmasligi kerak), bunda kristallar hosil bo’lishni boshlagan vaqtdagi termometr ko’rsatayotgan harorat yuqoridagi ko’rsatilgan usulda qayd qilib olinadi (T1).
Quritilgan A idishga tekshiriluvchi suvli eritma solinadi; muzlash nuqtasini aniqlash toza erituvchining muzlash haroratini aniqlash kabi olib boriladi; uch marta o’tkazilgan tajribaning natijalari tekshiriluvchi eritmaning muzlash nuqtasi (T2) kabi ro’yxatga olinadi.
Osmolyarlik quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
(T2-T1) x 1000
Cosm, mOsmol/kg (mOsmol/l)=----------------------
1,858
bu yerda: 1,858 – suvning molyal krioskopik doimiysi,1 mol moddani 1 kg suvda erishi natijasida muzlash nuqtasini pasayishi natijasida kelib chiqadi;
1000 – osm/kg va mosm/kg kelib chiqish koeffitsiyenti;
T2 – toza erituvchining muzlash harorati, (ºC);
T1 – eritmaning muzlash harorati, (ºC).
Osmolyarlik 209,0 mOsmol/l dan 254,4 mOsmol/l gacha bo’lishi kerak.
2 – usul (Alternativ usul). Eritmaning osmolyarligini avtomatik krioskopik osmometr yordamida aniqlash. Aniqlash Vitston osmometri, Germaniyaning “GONOTEK” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Osmomat 010”, “Osmomat 030” asboblarida olib boriladi. Tajriba asbobni tozalangan suvga nisbatan nol nuqtasini aniqlash yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun muzlatkich katakchasiga ichida 50 mkl suv bo’lgan probirka tushiriladi. Asbob avtomatik tarzda hisoblaydi va suvning muzlash haroratini ko’rsatadi, bu vaqtda displeyda “0,000” raqami paydo bo’ladi. Tajriba oldidan osmometr standart kalibrlash eritmasi yordamida kalibrlanadi (Calibration standart N300 mOsmol/kg NaCl/H2O).
So’ng toza probirkaga tekshiriluvchi eritmadan 50 mkl olinadi, probirkani muzlatkich katakchasiga joylanadi. Eritmaning muzlash harorati aniqlaniladi va bu ko’rsatkich Osmol/kg da o’lchanadi keyin bu o’lchovni 1000 ga ko’paytirish orqali mOsmol/kg o’lchov birligiga o’tkaziladi.
Osmolyarlik 209,0 mOsmol/l dan 254,4 mOsmol/l gacha bo’lishi kerak.
Pirogenligi. Preparat apirogen bo’lishi lozim. Test-doza har 1 kg hayvon (quyon) massasiga 10 ml preparat. Vena orasiga sekinlik bilan 1 daqiqa davomida yuboriladi (DF XI, 2-nashr, 183 b.).

Download 12,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   453




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish