O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi



Download 255,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana01.01.2022
Hajmi255,46 Kb.
#302590
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ichki azolar haqida umumiy malumotlar. ovqat hazm qilish azolari devorining tuzilishi. ogiz boshligi azolarining vazifaviy anatomiyasi va yoshga qarab ogarishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH 

VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI 

 

H.Z.Zohidov nomidagi odam anatomiyas kafedrasi 

 

 

 

 

 

6 – m a’ruza 

 

Mavzu: Ichki a’zolar haqida umumiy ma’lumotlar. Ovqat 

hazm qilish a’zolari devorining tuzilishi. Og‘iz bo‘shlig‘i 

a’zolarining vazifaviy anatomiyasi va yoshga qarab o‘garishi. 

Halqum. Qizilo‘ngach. 

 

 

 

Tuzuvchi: dotsent A.G‘. Ahmedov 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Toshkent 2010 


 

 

 



 

 

Ma’ruzaning rejasi 



 

1.Ma’ruzaning maqsadi   

 

 

 



 

-5 daqiqa 

2.Ichki a’zolar haqida umumiy ma’lumotlar           

-10 daqiqa 

3.Hazm a’zolari tizimi   

 

 



 

         -5 daqiqa 

4.Hazm a’zolari devorini tuzilishining umumiy  

prinsiplari   

 

 

 



  

 

         -15 daqiqa 



5.Hazm a’zolarining bezlari 

     


 

 

         -10 daqiqa 



6.Birlamchi ichak nayining boshlang‘ich qismidan  

rivojlanuvchi a’zolar 

 

 

 



 

         -10 daqiqa 

7.Og‘iz bo‘shlig‘i    a’zolarining vazifaviy anatomiyasi  -25 daqiqa 

8.Halqum, qizilo‘ngach   

 

 

 



 

-10 daqiqa   

 

Ma’ruzaning maqsadi 

 

 

Talabalarda ichki a’zolar haqida umumiy ma’lumotlar, ovqat hazm qilish 



a’zolarining rivojlanishi va devorini tuzilishi umumiy prinsiplari haqidagi 

bilimlarni shakllantirish. Hazm a’zolarining odam organizmidagi ahamiyatini 

tushintirish. 

 

 



 

 

 



Ma’ruzaning qisqacha mazmuni 

 

 

Ichki  a’zolarga  tana  bo‘shliqlari  (ko‘krak,  qorin  va    chanoq),  shuningdek 



bosh va bo‘yin sohasida joylashgan a‘zolar kiradi. Ichki a’zolar: ovqat hazm qilish, 

nafas  a’zolari,  siydik-tanosil  va  yurak-qon  tomirlar  tizimlariga  bo‘linadi.    Ular 

organizmning  modda  almashinish  faoliyatida,  uni  ozuqa  moddalar  bilan 

ta‘minlash,  hamda  modda  almashinish  jarayonida  hosil  bo‘lgan  moddalarni 

chiqarib yuborish vazifasini 

bajaradi.  Tanosil  yoki  jinsiy  a’zolar  esa  ko‘payish 

vazifasini bajaradi.  

 

Hazm  a’zolari  vositasida  organizmga  qattiq  va  yumshoq  ozuqa  moddalar 



qabul qilinadi, parchalanadi va so‘riladi.   

Nafas a’zolari vositasida gaz almashinuvi ro‘y beradi.  

Ayiruv  a’zolari  organizmda  modda  almashinuvida  hosil  bo‘lgan  qoldiq 

moddalarni  chiqarishda  ishtirok  etadi.  Bu  jarayonlar  o‘simliklarga    ham  xos 

bo‘lgani uchun ichki a’zolarni o‘simlik hayoti a’zolari deb ataladi. 

  

O‘simlik  hayoti  a’zolari  tanani    ventral  qismida  homila  entodermasidan 



paydo  bo‘ladi.  Entodermadan  ichak  nayi  hosil  bo‘lib,  u  mezodermaning  qorin 

qismi  bilan  o‘raladi.  Ichak  nayi  devorining  mushak  va  seroz  qavatlari 

mezenximadan  rivojlanadi.  Hazm  a’zolarining ko‘p  qismi entodermadan  taraqqiy 

etadi.  Og‘iz  bo‘shlig‘i  va  to‘g‘ri  ichakning  ostki  qismi  ektodermadan  rivojlanadi.  

Odamda  o‘simlik  hayoti  a’zolari  tashqi  muhit  bilan  aloqada  bo‘lgan  3  ta  naydan 

iborat:  




1.Ovqat  hazm  qilish  nayi  tananing  bor  bo‘yicha  o‘tib  ikkita  teshik:  kirish 

(og‘iz tirqishi) va chiqish 



(anus)

 vositasida tashqi muhitga oсhiladi.  

   

2.Nafas a’zolari nayining bitta teshigi (burun) bor. 



 

3.Siydik  va  tanosil  nayi  tanani  pastki  qismida  erkaklarda  bitta  (siydik 

chiqarish  nayi),  ayollarda  ikkita  (siydik  chiqarish  nayi  va  qin)  teshik  vositasida 

tashqariga ochiladi. 

 

Ichak nayi bosh va tana ichakka  bo‘linadi. Bosh ichak o‘z navbatida og‘iz 



va halqum qismlariga bo‘linadi. Og‘iz qismi epiteliyasi ektodermadan kelib 

chiqqan. Halqum qismidan nafas a’zolari, qalqonsimon, qalqonorqa va ayrisimon 

bezlar hosil bo‘ladi. Ichak nayining tana qismi oldingi, o‘rta va orqa ichaklarga 

bo‘linadi. Oldingi ichakdan qizilo‘ngach va me‘da rivojlanadi. O‘rta ichakdan 

ingichka va yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich qismi (ko‘r ichak, ko‘tariluvchi va 

ko‘ndalang chambar ichak)  rivojlanadi. Orqa ichakdan esa pastga tushuvchi 

chambar, S-simon,  va to‘g‘ri ichak rivojlanadi. 

 

 




Download 255,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish