23-rasm. Har hil turdagi qolip va puansonlar (KB OOO ―Transmedtex‖)
YUqori puansonni moslashtirish. Qolip hajmi moslashtirib bo‗lingach, yuqori puanson
asta-sekinlik bilan qolip ichidagi quyi puanson ustiga tushiriladi, natijada massa presslanadi.
Presslangan tabletka quyi puanson yordamida itarib chiqariladi va tabletka tashqi ko‗rinishi,
sinishga bo‗lgan qattiqligi va parchalanishi bo‗yicha baholanadi. Tabletka tayyorlanadigan
mashinalar ishlash jarayoni bo‗yicha ekssentrik yoki zarb bilan ishlovchi va rotatsion yoki
revolver tipdagi tabletka mashinalar guruhlariga bo‗linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |