O‗quv fanlari bloki modulli texnologiya prinsiplariga asosan ishlab
chiqilgan bo‗lib, u nazariy mashg‗ulotlar, amaliy mashg‗ulotlar hamda elektron
maslahat berish tizimini o‗z ichiga oladi.
Nazariy mashg‗ulotlar tizimi ta‘lim oluvchi tomonidan nazariy bilimlarni
egallash, to‗ldirish, rivojlantirish hamda tizimlashtirishga qaratilgan bo‗lib, unda
o‗quv dasturiga mos ravishda matnli, audio va video materiallar hamda animatsion
leksiyalar berib boriladi. Leksiya mashg‗ulotlari sinxron hamda asinxron tartibda
tashkil etilishi mumkin.
O‗quv fanlarini taqdim etishning elektron resurslari quyidagi shaklarda
ishlab chiqiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |