Tabletka tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish (vaziyat)
―Farmtex‖ MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasi tabletka va kapsula dori
shaklini ishlab chiqarishga mo‗ljallangan. Hozirgi zamon talabiga javob beradigan, yuqori unum
bilan ishlaydigan tabletka mashinalarini bir me‘yorda ishlashini ta‘minlash va sifatli tabletka
olishning asosiy omillaridan biri, ishlatiladigan yordamchi moddalar turi va miqdorini ilmiy
jihatdan asoslagan xolda tanlashdir. Bunda yordamchi moddalarning faolligi biofaol moddalarga,
foydalanayotgan asbob-uskunalarga nisbatan befarqligiga, texnologik jarayondagi maydalash,
elash, aralashtirish, namlash, quritish, granulalash va boshqa jarayonlarga bog‗liqdir. Tegishli
me‘yoriy hujjatlar talabiga javob beradigan sifatli tabletka olishning shartlaridan biri
presslanadigan moddaning og‗irligi kamida 0,050 g, yaxshi sochiluvchan, tabletka
mashinasining imkoniyati darajasidagi bosimda presslanadigan va osonlik bilan qolipdan
chiqadigan bo‗lishi lozim. Bu korxonaning tabletka sexida zarb bilan ishlaydigan tabletka
mashinalari mavjud. Bu mashinalarning tuzilishi sodda bo‗lib, ish bajaruvchi sozlamasi qolip,
ostki va ustki puansonlar va hampadan iborat. Hampaning ish jarayoniga qarab, bu turdagi
mashinalar boshmoqli va sirpang‗ichli bo‗lishi mumkin. Hampa (bunker) - tabletka tayyorlash
uchun mo‗ljallangan massa joylashtirilgan moslama. Zarb bilan tabletka tayyorlaydigan
mashinalarda hampa mashina tanasiga o‗rnatilgan bo‗lib, ikki qismdan iborat: harakatsiz qismi
(massa saqlovchi) va haraktli (massani qolipga uzatuvchi) qismi - boshmoq; sirpanchiqli tabletka
mashinalarida esa hampa stol bo‗yicha sirpanib oldinga va orqaga harakat qiladi. Ish jarayonida
hampa ichidagi massa qavatlanib qolmasligi uchun, uning ichiga aralashtirgich joylashtirilgan
bo‗lishi mumkin. Tabletka mashinasining barcha qismlari, moslashtirilgan ishlash tezligiga
binoan, hampa qolip teshikchasi ustiga kelib, uni massa bilan to‗ldiradi va orqaga qaytadi. So‗ng
tabletkani presslash va presslangan tabletkani itarib chiqarish jarayoni ro‗y beradi. Hampa
navbatdagi qolipni to‗ldirish jarayonida oldin tabletkani turtib yig‗gichga tushiradi. Bu jarayon
daqiqasiga 80 martadan oshmaydi. Bu turdagi tabletka mashinalari sodda tuzilgan bo‗lganligi
uchun, ularda oz miqdordagi tabletkalarni ishlab chiqarish va laboratoriya sharoitida (ilmiy
tekshirish institutlarida) ishlatish maqsadga muvofiqdir.
―Farmtex‖ MCHJ farmatsevtik ishlab-chiqarish korxonasida 0,3 g li streptotsid tabletkasi
ishlab chiqarilmoqda. Quyida ushbu tabletkaning tarkibi, texnologiyasi va ishlatilgan asbob-
uskunalar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |