67
faza chegarasiga egadir. SHunday holatlarda suspenzion surtmalar bir, ikki va ko‗p fazali
sistemalarga bo‗linadi.
Emulsion surtmalar texnologiyasida tarkibiga suv, spirt, glitserin va ular aralashmasida
eruvchi dori moddalar kiritiladi. Bunday eritmalar moyli asos bilan aralashmasligi natijada hosil
bo‗lgan surtmalar emulsiya tipidagi surtmalar bo‗lib, undagi dispers muhit moyli asos
hisoblanadi.Emulsion surtmalar tarkibiga emulgatorlar kiritilganligi sababli, ular etarli darajada
yuqori dispers va turg‗un bo‗ladi. SHunday surtmalar ham borki, ular dispers muhitning yuqori
qovushqoqligi sababli turg‗undir. Bunday surtmalarda dispers faza yirik tomchilardan iborat
bo‗ladi.
Aralash surtma dorilar har xil dispers sistemalardan tashkil topgan bo‗ladi. Masalan eritma
va suspenziya yoki eritma,suspenziya va emulsiya muhitlardan iborat bo‗ladi.
Surtmalar tayyorlashda ishlatiladigan asoslarga quyidagi talablar qo‗yiladi: tan narxi arzon,
yumshoq konsistensiya, biologik bezarar, neytral muxit, mikroorganizmga turg‗un, oson
yuviladigan, saqlash davomida turg‗un bo‗lishi lozim. Asoslar quyidagi guruhlarga bo‗linadi:
lipofil, gidrofill va lipofil – gidrofil asoslar.
Lipofil asoslarga – cho‗chqa yog‗i (Acleps suillus seu) – teriga yaxshi so‗riladi hamda oson
yuviladi. Turg‗unligi qisqa bo‗lganligi, hamda oziq – ovqat maxsulotiga kirganligi uchun hozirgi
vaqtda surtma uchun asos sifatida ishlatish bir muncha qisqarib ketgan.
O‗simlik yog‗lari – (Olea pinqua) kungaboqar yog‗i – Oleum Helianthi, shaftoli, o‗rik yog‗i
(Oleum Persicorum), bodom yog‗i (Oleum Amygdalarum) va boshqalar. Ular suyuq bo‗lganligi
uchun asosan linimentlar uchun asos sifatida ishlatilsa, surtmalar uchun asosga qo‗shimcha
yordamchi modda sifatida ishlatiladi.
Gidrogenizatsiya qilingan yog‗larni kelajagi porloq bo‗lib, ulardan salomas yoki gidrojir
(Adeps hydrogenisatus) – tozalangan o‗simlik moyini gidrogenizatsiya qilib olinadi.
Mumlarga asalari mumi hamda spermatset kiradi. lanolin – yuqori qovushqoq, kley sifat,
yoqimsiz hidga uglevodorodlarga – vazelin, petrolat, parafin, vazelin moyi
Ozokerit – Serezin
Silikonli asoslar – esilon – aerosil asos esilon – 4 va esilon – 5 – poliorganosiloksanli
suyuqlik. Asos tarkibi 84 g esilon – 5 va 16 g aerosil. YUqori qovushqoqlik rangsiz gel, rN = 5 –
7,0 allergiya chaqirmaydi.
Gidrofil asoslarga:
Kraxmal –geli GF IX-7% kraxmal kleystrli, glitserin asosida metilselyuloza (MS), natriy
karboksi metilselyuloza ( NaKMS), jelatina geli – jelatina – glitserinli asos: 1 – 3 g jelatina, 10 –
30% glitserin 70 – 80% tozalangan suv.
Sintetik YUMB – ga – PEO; PEO – 400 ular turg‗un (t; C
0
namm) rN muhit;
Noorganik birikmalarga – bentonitli asos 13 – 20% bentonit, 10% glіserin,suv 70 – 77%.
Kimyoviy turg‗un.
Lipofil – gidrofill asos. Bu asos suniy ravishda tayyorlangan aralashma bo‗lib lipofil va
gidrofil xossalarni namoyon etadi. ular absorbsionli surtma asosi suvsiz lipofil asos bilan
emulgator (PAV)ni birgalikdagi aralashmasi. Uning tarkibiga vazelin, vazelin moyi, serezin va
boshqa uglevodorodlarni emulgator bilan bo‗lgan aralashmasidan iborat. Ular asosan emulsion
tipidagi surtma tayyorlashda ishlatiladi.
Emulsion asoslar absorbsion asosdan tarkibida suv bo‗lishi bilan farqlanadi. Ular yog‗lar
suv yoki suvlar yog‗ bo‗lishi mumkin.
Kutumova asosi tarkibi: vazelin– 60g ; emulgator T
2
– 10 g va suv– 30 g
Uning asosida kaliy yod, skipidar va oltingugurt surtmalari ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: