Ishni bajarish tartibi.
Oldindan maydalangan va teshigining diametri 200 mkm li elakdan o‗tkazilgan
streptotsid xavonchada yoki ikki kurakchali zettasimon aralashtirgichda, 7% li kraxmal
shilimshig‗i bilan (100 g massaga 13-16 g 7% li kraxmal shilimshig‗i sarflanadi), mo‗‗tadil nam
massa xosil bo‗lguncha aralashtiriladi. Massa pergament qog‗oziga bir tekisda yoyilib, 40-50°S
haroratda quritgich jovonida, tarkibida 1,5 % qoldiq namlik qolguncha quritiladi. So‗ngra
diametri 1000 mkm li elak yordamida donadorlanadi va oldindan teshigining diametri 100 mkm
li elak orqali elangan kraxmal hamda kalsiy stearat aralashmasi bilan upalanadi. Tayyor massa
zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasida diametri 9 mm, og‗irligi 0,33 g dan qilib presslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |