Mavzuning ahamiyati: Presslanadigan massaning texnologik xossalari va undan
olingan andoza tabletkaning qattiqligi va parchalanishi qoniqarli bo‗lgan xollarda to‗g‗ridan-
to‗g‗ri presslab tabletka olish imkoniyati yaratiladi. Bu usul bo‗yicha olingan tabletka ham
iqtisodiy nuqtai nazaridan, ham biologik samaradorligi jihatidan boshqa usul bo‗yicha olingan
tabletkalardan bir qator ustunliklarga ega bo‗ladi. Biroq aksariyat xollarda tabletkalar nam
donadorlash usuli yordamida tayyorlanadi. Shunday ekan, nam donadorlash usuli bo‗yicha
tabletka tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar va texnologik jarayonlar, tabletka
ishlab chiqarish texnologiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |