Ultratovush usuli
G.G.Stolyarova, F.A.Konev ba boshqalar (1972 y.) taklif qilgan. Kasetadagi ampulalar
vakuum usulida distillangan suv bilan to‗ldiriladi va vakuum yuvgich asbobining tubiga
joylashtirilgan magnitostriksion manba ustiga kapillyar suvga botrib qo‗yiladi. Suvga botirilgan
kapillyari bilan ultratovush manbai orasidagi masofa 10 mm ni tashkil etadi. YUvish jarayonida
suvning harorati 40-60
0
S bo‗lib, ampula hajmi 2/3 qism suv bilan to‗ldiriladi va ikki marta
ultratovush ta‘sir ettiriladi (20 va 10 soniya). Xammasi bo‗lib, ampulalar 30 soniya ultratovush
ta‘sirida bo‗lganda mexanik iflosliklardan to‗la tozalanadi. Bu usulning kamchiligi ultratovush
suv qatlami orqali ta‘sir qilayotganda bir qism kuchini yo‗qotadi va unumdorligi pasayadi,
shuning uchun xam kontaktli ultratovush usulida yuvish taklif qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |