O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Download 4,92 Mb.
bet396/483
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#247082
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   483
Bog'liq
Dori vositalarining sanoat texnologiyasi (1)

1-laboratoriya ishi

In'ektsiya uchun kamforaning 20% li moyli eritmasi.

Solutio Camphorae oleosae 20% pro inectionibus.

Vazifa.

  1. 100 ml 20% li kamforaning moyli in'ektsion eritmasini tayyorlang.

  2. 5 ta ampulaga 1,15 ml dan eritmani quying va kavsharlang.

  3. Sterillang va ampulaning butunligini tekshiring.

  4. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  5. Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.

Tarkibi.

Kamfora - 200,0 g.

Shaftoli moyi - 1 litrgacha.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:


  1. 100 ml li stakan va silindr.

  2. Sterillangan shaftoli moyi va kamfora.

  3. Shisha tayoqcha va filtrlovchi material (tibbiyot dokasi).

  4. Tosh va tarozi.

  5. Vakuum estraktor va 2 ml li shprits.

  6. Yuvilgan va quritilgan ampulalar.

  7. Pergament qog’oz va ip.

  8. Chinni kosacha va sovunli suv.

  9. Sterilizator.

  10. Tayyor mahsulotni solish uchun idish.

  11. Xonani sterillash uchun UB lampasi.

  12. Gaz gorelkasi.


Ishni bajarish tartibi

100 ml li silindrga 20 g maydalangan kamfora, 40 g 40°C haroratdagi shaftoli moyi bilan shisha tayoqcha yordamida kamfora erib ketguncha aralashtiriladi. So’ngra shu moy bilan hajmi 100 ml ga etkaziladi va issiq holda 4-kavat qilib tayyorlangan tibbiyot dokasi orqali suziladi. Tayyor eritma ampulalarga 1,15 ml dan solinadi. To’ldirishda vakuum ekstraktor asbobi (uning bosim ko’rsatkichi 0,8-1,0 atrofida bo’lishi lozim) yoki 2,0 ml hajmdagi shpritsdan foydalaniladi.



Sterillash. Kavsharlangan ampulalar pergament qog’oziga o’raladi va chinni kosachalarga joylashtirilib, suv bug’i oqimida 100°C haroratda 1 soat mobaynida sterillanadi.

Ampulaning butunligini tekshirish. Sterillangan issiq xoldagi ampulalar 2-3 daqiqaga sovunli eritma solingan chinni kosachaga tushiriladi. Agar darz ketgan yoki yomon kavsharlangan ampula bo’lsa tashqi va ichki bosimlar farqi hisobiga suyuqlik ampula ichiga kirib, emulsiya hosil qiladi. Butun ampulalar issiq suvda yuviladi va sochiq bilan artiladi.

Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish

Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (156), 6 va (177-bet) 8 (195-bet) adabiyotlardan olindi.



Tayyor mahsulot tavsifi. Och sariq rangli, moysimon, tiniq suyuqlik bo’lib, kamfora hidiga ega. Zichligi 0,923-0,926.

Miqdorini aniqlash. Buning uchun og’irlik usulidan foydalaniladi. Aniq tortib olingan modda miqdori suv hammomida kamfora hidi yo’qolguncha qizdiriladi va quruq qoldiq tortiladi. Kamforaning miqdorini hisoblash uchun 1 ml preparatni yo’qottan massasini zichligiga ko’paytirib, tekshirish uchun olingan miqdorga bo’linadi. 1ml eritmada 0,19-0,21 g kamfora bo’lishi kerak.

Qadoqlash. 1, 2 va 10 ml dan ampulalarda, qalin qog’oz, polietilen qutichalarda 10 donadan chiqariladi.

Saqlanishi. Qorong’i joyda saqlanadi.

Ishlatilishi. O’tkir va surunkali yurak quvvatsizligida, nafas olish va qon aylanishini yaxshilash maqsadida, o’pka yallig’lanishida, narkotik moddalar bilan zaharlanganda ishlatiladi.
Texnologik jarayon tasviri




Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   483




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish