4. Ampulani kerakli miqdordagi eritma bilan to’ldirish uchun vakuum darajasini aniqlash. Ampulani eritma bilan to’ldirishda shishaning ichki devori sathini namlash uchun sarflanadigan suyuqlik miqdorini hisobga olish kerak, ya'ni eritma belgilangan hajmga nisbatan ko’proq olinadi. Shunga asosan ampulani eritma bilan to’ldirishdan oldin kerakli miqdorda suyuqlik bilan to’lishini ta'minlovchi vakuum darajasini xisoblash lozim. Laboratoriya sharoitida vakuum darajasini hisoblash uch yo’llik jo’mrak va vakuummetr, vakuum nasos, kasseta va shisha idishlardan tashkil topgan vakuum ekstraktoridan foydalaniladi. Buning uchun 1 dona quruq ampula 0,01 g aniqlikda tortib olinib, kassetaga o’rnatiladi va Tozalangan suv solingan kyuvetaga qo’yiladi. Kyuveta kasseta bilan vakuum estraktorga joylashtiriladi. So’ngra 400 mm simob ustuniga teng vakuum hosil qilinib, vakuummetr ko’rsatkichi yozib olinadi va ekstraktorning jo’mragi ochilib, filtrlangan havo yuboriladi. Natijada ampula suv bilan to’ladi. Ampulaning kapillyar qismi yuqoriga qaratilib joylashtiriladi va ekstraktorda vakuum hosil qilish bilan kapillyarda qolgan suyuqlik tortib olinadi. Shundan so’ng ampula filtr qog’oz bilan quriguncha artiladi va 0,01 g aniqlikda tortiladi. Xuddi shu tarzda boshqa ampula 600 mm simob ustuniga teng vakuumda to’ldiriladi. Masalan, ampulani 1,1 ml eritma bilan to’ldirish hisobi quyidagicha: 400 mm simob ustuniga teng vakuumda ampulaga “a” ml suv kirsa, 600 mm da esa “v” ml suv kiradi. 600-400 mm simob ustunidagi vakuum farqi “v-a” ml suvga to’g’ri keladi. 400 mm simob ustunidagi vakuumda ampulaga kirishi kerak bo’lgan suv miqdori (1,1ml) ga “a” ml suv etishmaydi. Bu etishmovchilikni bartaraf qilish uchun vakuum darajasini 400 mm ga nisbatan “x” mm simob ustuniga oshirish kerak, ya'ni “x” ning qiymati quyidagi tengsizlikdan topiladi:
(600-400) - (v-a)
X - (1,1-a)
(600-400) (1,1-a)
X = -----------------------
(v-a)
Ampulani 1,1 ml hajmdagi eritma bilan to’ldirish uchun vakuum darajasi quyidagi tenglama yordamida hisoblanadi:
mm simob ustuni
Topilgan qiymatdan ampulani eritma bilan to’ldirishda foydalaniladi.
Mavzu: Korxona sharoitida suvli in'ektsion eritmalarni tayyorlash. Novokain, kofein benzoat natriy, novokainamid va askorbin kislotasi in'ektsion eritmalarini tayyorlash texnologiyasi.
Maqsad: In'ektsion eritmalarni korxona sharoitida tayyorlash texnologiyasi bilan tanishish, shuningdek turg’unlashtiruvchilar qo’shib va qo’shmasdan tayyorlanadigan preparatlardan in'ektsion eritmalar tayyorlashda ularni turg’unligi ta'minlash chora-tadbirlari bilan tanishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |