Ishni bajarish tartibi:
Og’zi zich yopiladigan shisha idishga 25,0 g, 3 mm kattalikda maydalangan va changdan tozalangan frangula po’stlog’idan solinib, ustiga 50 ml 70% li etil spirtidan solinadi va aralashtirilib, bo’ktirish uchun xona haroratida 4 soatga qoldiriladi.
Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng, perkolyator tubiga 4 qavatli doka joylashtirilib, bo’ktirilgan xom ashyo shisha tayoqcha yordamida perkolyatorga miqdoran o’tkaziladi va shibbalanadi. Xom ashyo orasidagi xavoni chiqarish maqsadida pekrolyatorning jo’mragi ochilib, toki ajratma oqib chiqqunga qadar 70% li etil spirtidan solinadi. Jo’mrakdan suyuqlik chiqishi bilan berkitilib, oqib chiqqan suyuqlik perkolyatorga qaytadan solinadi va xom ashyo ustida “oynasimon yuza” xosil bo’lgunga qadar toza ajratuvchi solinadi.
Perkolyatorning og’zi 2 qavatli polietilen bilan berkitilib, 24 soatga xona haroratida qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tgandan so’ng quyidagi tenglama bilan xisoblangan tezlikda, perkolyatorga solingan xom ashyoga nisbatan 85% miqdorida (birlamchi ajratma) ajratma xosil bo’lgunga qadar ajratma olinadi:
V = KS
Bu erda,
V - ajratma olish tezligi
K - doimiy son, u 0,5 ga teng
C - perkolyatorga solingan xom ashyo miqdori, g
Birlamchi ajratmaning miqdorini nazariy xisoblash:
25,0 g xom ashyo - 100%
x - 85%
25 . 85
X = ------------ = 21,25 ml
100
Perkolyatordan yig’gichga qanday tezlikda suyuqlik oqib tushsa, xuddi shu tezlikda yuqoridagi pekrolyatordan toza ajratuvchi tushib turishi, shuningdek ish jarayonida doim xom ashyo ustida “oynasimon yuza” saqlanib turishi kerak.
Ajratmaning umumiy miqdori 21,25 ml ga etgandan so’ng, og’zi zich berkiladigan idishga solinib, “1-ajratma” deb yozib qo’yiladi. Ikkinchi idishga esa xom ashyo tarkibidagi asosiy ta'sir etuvchi modda tugagunga qadar perkolyatsiya qilinadi. Xom ashyo tarkibidagi ta'sir etuvchi moddaning bor yoki yo’qligi, suyuqlikning rangini o’zgarishi yoki asosiy ta'sir etuvchi moddaga nisbatan sifat reaktsiyasini qilib ko’rish orqali aniqlaniladi.
Xom ashyo tarkibida asosiy ta'sir etuvchi modda tugagandan so’ng, idishdagi ajratma xaydash asbobiga o’tkazilib, undan spirt xaydab olinadi. Suvli qoldiq esa vakuum bug’latgich asbobida quyuq qoldiq qolgunga qadar bug’latiladi. So’ng sovutilib “1-ajratma” bilan aralashtiriladi. Xosil bo’lgan ekstrakt silindrda o’lchab ko’riladi. Agar hajmi 25 ml ga etmasa toza ajratuvchi (70% li spirt) bilan me'yoriga etkaziladi.
Tayyorlangan suyuq ekstrakt begona moddalardan tozalash maqsadida 5-6 kunga 10oS haroratda tindirib qo’yiladi va belgilangan muddat o’tgandan so’ng qat-qat filtr orqali suziladi. Ishlatilgan xom ashyodan spirt suv bilan yuvish orqali ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |