Eslatma. Preparat tarkibida uchuvchi moddalar bo‘lsa, u oldindan qayta ishlanadi. Masalan, agar preparatda efir moyi bo‘lsa, u teng hajmda olingan to‘yingan natriy xlorid va petroleyn efiri aralashmasi bilan chayqatiladi. Agar ekstraktda uchuvchi kislotalar bo‘lsa, ishqor eritmasi bilan neytrallanadi, uchuvchi asoslar bo‘lsa, fosfor yoki sulfat kislota bilan ishlov berilib, so‘ngra xaydaladi
Tekshirish uchun toza va quruq pipetkada 5 ml ajratma olinib, u balandligi 2-3 sm, diametri 5-6 sm li tortilgan byuksga solinadi. Ajratma suv xammomida bug‘latiladi va quritgich javonida 2 soat mobaynida 102,5-2,5oS da quritiladi, so‘ng 30 daqiqa eksikatorda sovutiladi va yana tortiladi. Quruq qoldiq og‘irlik-hajm foizda ifodalanadi
5 ml tekshiriluvchi ajratma tigelda quriguncha bug‘latiladi. Quruq qoldiqqa 1 ml konsentrlangan sulfat kislota qo‘shib, ehtiYotlik bilan kuydiriladi. Bu qoldiqqa issiq turgan xolda 5 ml to‘yingan ammoniy atsetat eritmasi qo‘shiladi va kul qoldirmaydigan filtr orqali suziladi, filtr 5 ml suv bilan yuviladi va 100 ml ga etkaziladi. Bu eritmaning 10 ml ga 1 ml suyultirilgan sirka kislotasi, 1-2 tomchi natriy sulfid qo‘shib, chayqatiladi va 1 daqiqadan so‘ng andoza eritma bilan solishtiriladi. Bunda qo‘rg‘oshin tuzining ko‘p kamligiga qarab natriy sulfid bilan qora cho‘kma yoki qo‘ng‘ir rang xosil bo‘ladi. Rangni kuzatish diametri 1,5 sm li probirkada olib boriladi. Tekshiriladigan eritmada xosil bo‘lgan rang andoza rangidan toza bo‘lmasligi kerak. Andoza eritma 6-8 sm qalinlikdagi qavatdan qaralganda qo‘ng‘ir rang kuzatiladi. Ajratmalardagi og‘ir metallar miqdori 0,001% dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
In’eksion dori turlarida (eritmalar, suspenziyalar va emulsiyalar) “Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 - 01 : 2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‘rsatkichlari o‘rganilishi kerak:
1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari
2. Xalkaro patentlanmagan nomi
3. Tarkibi
4. Tasnifi
5. Sterilizatsiya kilish va kuyish tartibi
6. Chinligi
7. Tinikligi
8. Rangliligi
9. Ph yoki kislotalilik yoki ishkoriylik
10. Mexanik kushimchalar
11. Zichligi
12. Kovushkokligi
13. Yot aralashmalar (uxshash birikmalar)
14. Osmolyarlik
15. Tuldirish xajmi
16. Pirogenlik yoki bakterial endotoksinlar (LAL test)
17. Zaxarliligi
18. Gistamin kabi moddalaPhing mavjudligi
19. Sterillik
20. Zarrachalar ulchamlari (suspenziyalar)
21. Mikdoriy taxlili
22. Urami
23. Markalash
24. Tashish
25. Saklash
26. Yaroqlilik muddati
27. Asosiy farmakoterapevtik guruxi
Do'stlaringiz bilan baham: |