Kashnich spirtli xushbo‘y suvi
(Aqua Coriandri spiutuosa)
Fructuum Coriandri grosso modo pulveratorum 1 qism
Aquae destillatae 10 qism
Spiritus aethilici 1 qism
Yirik maydalangan kashnich urug‘i og‘zi zich berkitiladigan idishda spirt va suv solib aralashtiriladi va 12 soatdan keyin xaydash asbobiga o‘tkaziladi va suv bug‘i bilan 10 qism preparat xosil bo‘lguncha xaydaladi. Tayyor mahsulot deyarli tiniq, kashnich hidi kelib turadigan suyuqlikdir. Zichligi 0,960—0,980.
Dori moddalarning xidi va mazasini yaxshilovchi vosita sifatida foydalaniladi. Bu xushbo‘y suvni kashnich efir moyini spirt-suvda eritib tayyorlash xam mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |