Draje (dragae)
Bu qattiq dori turi bo‘lib, tabletkalardan farqli ularoq, obakilash qozonida mayda granula (shakar) ustiga yordamchi moddalar bilan ta’sir etuvchi modda aralashmasini qayta-qayta qoplash bilan olinadi. Bularning og‘irligi 1 g dan oshmasligi kerak, og‘irliklar farqi +15% dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ularni olish, tekshirish qobig‘langan tabletkalarga o‘xshash bo‘ladi. Bu usul qo‘proq konditer sanoatida ishlatiladi. Farmatsiya sanoatida esa, darmon dorila va ularning majmuasini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
X DF da drajega bag‘ishlangan 5 ta maqola keltirilgan bo‘lib, shulardan bittasi umumiy va 4 tasi aminazi, diazolin, dikolin, propazinlarga bag‘ishlangan.
Tabletkalarni qobig‘ bilan qoplash vaqtida bir-biri bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadigan murakkab tarkib ham ishlatilishi mumkin. Misol sifatida quydagi tarkibni keltirish mumkin:
Acidi ascorbinici - 0,150 g
Acidi Nicotinici - 0,025 g
Phenobarbitali - 0,015 g
Methionini - 0,015 g
Bu erda askorbin kislotasi bilan metionin o‘zaro reaksiyaga kirishishi mumkin. SHu sababli bu tarkibda tabletka tayyorlash uch bosqichda amalga oshiriladi.
I-bosqichda quyida keltirilgan tarkibda granula tayyorlanib, taxtakachlanadi:
Askorbin kislotasi - 0,150 g
Kraxmal - 0,0009 g
Kalsiy stearati - 0,001 g
Hosil bo‘lgan tabletka diametri 6 mm, massasi 0,16 g bo‘ladi.
II-bosqichda bu tabletka ustiga quyidagi tabletka ustiga quyidagi tarkibdagi granula taxtakachlanadi:
SHakar qandi - 0,0530 g
Kraxmal - 0,0966 g
Kalsiy stearati - 0,1500 g
Bunda diametri 9 mm va og‘irligi 0,31 g li tabletka hosil bo‘ladi.
III-bosqichda hosil bo‘lgan qobig‘ ustiga quyidagi tarkibda tayyorlangan granulalara taxtakachlanadi:
Metionin - 0,15 g
Nikotin kislotasi - 0,025 g
Fenobarbital - 0,015 g
Qand - 0,03 g
Kraxmal - 0,116 g
Kalsiy stearat - 0,001 g
Talk - 0,003 g .
- 0,34 g
Natijada massasi 0,65 g, diametri 12 mm li tabletka xosil bo‘ladi.
SHu usulda oshqozon va ichakda ta’sir ko‘rsatadigan tabletkalar tayyorlanadi. Ular ko‘p marta ta’sir ko‘rsatadigan tabletkalar deb ataladi. Rangli moddalardan tabletka tayyorlashda, ayniqsa qobig‘ bilan qoplashda xarakatdagi kimyo-texnologiya ilmiy tekshirish oligohida olingan va sanoat miq sida ishlab chiqarilayotgan qizil va havo rangli qandlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tayyorlash: PVP 1000S haroratli suvda eritiladi, qand va rangli qandlar solinib qaynatiladi. So‘ngra qolgan moddalar qo‘shilib, yaxshilab aralashtiriladi. SHu tarkib bilan qoplanganda tabletka og‘irligi 15% ortadi.
Tabletkani yupqa parda hosil qilib qobiqlashda Efimov L.S. shellak va sidlak ishlatishni taklif qildi. SHellak - yuqori molekulali yog‘simon birikma bo‘lib, hashoratlar so‘lagidan olinadi va ichakda eriydigan tabletkalar olishda ishlatiladi.
SHellak - 10,0
Ammiak 25% - 2,0
Olein kislota - 2,5
Suv - 85,5.
- 100,0
SHu bilan birgalikda atsetilftalilsellyuloza va metitsellyuloza kabi birikmalardan ham foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Retsepturalar juda hilma-hil bo‘lib, misol tarzida bir nechtasini keltiramiz:
1. AFS - 6 qism
Ammiak 25% - 0,75 qism
Tvin-80 - 0,5 qism
Titan IV oksidi - 0,3 qism
Tropeolen 00 - 0,005 qism
2. AFS - 10 qism
Spirt -19,5 qism
Xloroform -170 qism
Kanakunjut moyi - 0,5 qism
Bu erda kanakunjut moyi qayishqoqli beruvchi vazifasini bajaradi.
Taxtakachlash bilan qoplash uchun eng oddiy tarkiblardan ba’zilarini keltiramiz:
1. Cellulosae triacethalamin
Aetatophthalati
Lactosae
Magnii stearatis
2. Cellulosae acetiphtalati
Lactosae
Magnii stearatis
Triacetini (diacetthylphthalati)
3. Sacchari
Glucosi
Amyli aa
Acidi stearinici
4. Magnesii carbonatis basici
Sacchari
Amyli aa
5. Oxypropil methylcellulose
Lactosi
Calcii stearatis
Hamma holda ham oldin tarkibdagi moddalar aralshmasini bo‘g‘lovchilar yordamida donador shaklga keltirib olinadi va kalsiy stearat, magniy stearat yoki stearin kislotalari bilan yaxshilab upalanadi. Tayyor bo‘lgan massa "Draicota" mashinasi yordamida tabletka usti qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |