Ishni bajarish tartibi:
Oldindan maydalangan va teshigining diametri 200 mkm li elakdan o’tkazilgan streptotsid xavonchada yoki ikki kurakchali zettasimon aralashtirgichda, 7% li kraxmal shilimshig’i bilan (100 g massaga 13-16 g 7% li kraxmal shilimshig’i sarflanadi), mo’'tadil nam massa xosil bo’lguncha aralashtiriladi. Massa pergament qog’oziga bir tekisda yoyilib, 40-50°C haroratda quritgich jovonida, tarkibida 1,5 % qoldiq namlik qolguncha quritiladi. So’ngra diametri 1000 mkm li elak yordamida donadorlanadi va oldindan teshigining diametri 100 mkm li elak orqali elangan kraxmal hamda kaltsiy stearat aralashmasi bilan upalanadi.
Tayyor massa zarb bilan ishlaydigan tabletka mashinasida diametri 9 mm, og’irligi 0,33 g dan qilib presslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |