Ultratovush usuli
G.G.Stolyarova, F.A.Konev ba boshqalar (1972 y.) taklif qilgan. Kasetadagi ampulalar vakuum usulida distillangan suv bilan to‘ldiriladi va vakuum yuvgich asbobining tubiga joylashtirilgan magnitostriksion manba ustiga kapillyar suvga botrib qo‘yiladi. Suvga botirilgan kapillyari bilan ultratovush manbai orasidagi masofa 10 mm ni tashkil etadi. YUvish jarayonida suvning harorati 40-600S bo‘lib, ampula hajmi 2/3 qism suv bilan to‘ldiriladi va ikki marta ultratovush ta’sir ettiriladi (20 va 10 soniya). Xammasi bo‘lib, ampulalar 30 soniya ultratovush ta’sirida bo‘lganda mexanik iflosliklardan to‘la tozalanadi. Bu usulning kamchiligi ultratovush suv qatlami orqali ta’sir qilayotganda bir qism kuchini yo‘qotadi va unumdorligi pasayadi, shuning uchun xam kontaktli ultratovush usulida yuvish taklif qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |