O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi



Download 4,92 Mb.
bet178/483
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#247082
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   483
Bog'liq
Dori vositalarining sanoat texnologiyasi (1)

Quritish kinetikasi. Quritish jarayoni massa almashinish jarayoni bo‘lib, quyidagi tenglama bilan topiladi:

bu erda:


W - yo‘qotilgan namlik miqdori, kg;

K - massa uzutish ko‘rsatkichi;

Pm - quritilayotgan modda yuzasidagi bug‘ bosimi, Pa;

Pr - havodagi bug‘ning parsial bosimi, Pa;

F - jism yuzasi, m2.

Quritish jarayonini xarakatlantiruvchi kuch quritilayotgan modda yuzasidagi bug‘ bosimi bilan havodagi bug‘ning parsial bosimi farqi hisoblanadi. Bu farq (Rm-Rr) qancha katta bo‘lsa, quritish jarayoni shuncha tez bo‘ladi. Quritish tezligi (V) yuza birligida (F) ma’lum vaqt birligida (G) bug‘langan namlik miqdori (W) bilan o‘lchanadi.



Dorilarni quritish texnologiyasi. Quritish jarayoni suyuqlikdan quruq modda (tolqon) olishda, quruq ekstraktlar tayyorlashda hamda tabletka ishlab chiqarishda ro‘y beradi. Quritish jarayonida moddalarning xususiyati o‘zgarishi mumkin, bu esa quritish jarayonining qanday tashkil etilishiga bog‘liq. Quritish asosan konvektiv, kontakt va maxsus usullarda olib boriladi.

Konvektiv quritish – bu quritilayotgan modda issiqlik manbai bilan bevosita aloqada bo‘ladi. Bu maqsadda har xil tuzilishga ega bo‘lgan quritgichlar (javonli, kamerali, tonelli, tasmali va do‘mbirali) ishlatiladi.

Farmatsevtika korxonalarida kamerali va tasmali quritgichlar ko‘p uchraydi. Ayniqsa javonli quritgichlar tuzilishining soddaligi va arzonligi bilan ajralib turadi. Bu issiq havo oqimi javon tokchalari bo‘ylab xarakatlanish jarayonida quritilayotgan modda bilan aloqada byuo‘ladi. Kamchiligi: qurish jarayoni uzoq davom etadi, ishlab chiqarish unumdorligi past, issiqlik yo‘qotiladi.

Tasmali quritgich bir tasmali va ko‘p tasmali bo‘lishi mumkin. Tasma xarakati natijasida quritilayotgan modda yuqoridagi tasmadan pastki tasmaga tushib turadi. Quritilayotgan modda xarakatda bo‘lganligi tufayli uning zarrachalari xar tomondan issiqlikka duch keladi va qurish jarayoni tezlashadi.

Yolg‘on qaynoq yuza quritgichlari – bunday quritgichlarda quriitilayotgan modda muallaq holda turib, issiq havo uning hamma tomonidan yuvib o‘tadi. Ular tuzilishi jihatidan har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Quritilayotgan modda xampadan shnek orqali quritgichning qismiga tushib turadi. Past tomondan quritgich ichiga ma’lum xaroratgacha isitilgan va tozalangan havo bosim bilan yuboriladi. Havo zichligi nam modda zarrachalarini ushlab turish darajasida bo‘ladi. Zarrachalarning o‘zaro ishqalanishi natijasida ular silliqlanib nisbatan dumaldoq shaklga kelib to‘plagichga tushadi. Havo oqimi bilan yuqoriga uchbi ketadigan mayda zarrachalar esa moslamada (siklon) yig‘ib olinadi va quritgichning ishchi qismiga qatariladi.

Purkagichli quritgichlar. Bunday quritgichlar suyuqliklarni quritishda ishlatiladi va quritish jarayoni juda tez va ishlab chiqarish unumdorligi juda yuqori bo‘ladi. Purkachgichli quritgichlar kamera (xona), purkagich (forsunka yoki disk), qurigan qurigan mahsulotlarni tashqariga chiqarib beradigan shnek, quritish xonasiga havoni ma’lum xaroratgacha isitib beradigan moslama (kalorifer), havo qoimi bilan uchib ketgan mayda zarrachalarni tutib olish uchun sun’iy matodan tayyorlangan suzgichlardan iborat.

Qovushqoq bo‘lmagan ajratmalar forsunkali, qovushqoqlari esa diskli quritgichlarda quritiladi. Suyuqlik kameraga purkagich orqali purkaladi. Bunda zarracha kattaligi 10-50 mkm atrofida bo‘ladi. Kameraning pastki qismidan quritish uchun beriladigan havo harorati 150-2300S ga etadi. Har bir zarrachani quritish uchun 0,04-0,08 s gacha vaqt ketadi, shuning uchun tayyor mahsulot harorat ta’sirida buzilmaydi. Bunday quritgichlar sa’noat miqyosida dori moddalar va harorat ta’sirida tez buziluvchi mahsulotlarni (sut, tuxum va boshq.) quritishda ishlatiladi. Bu quritgichdan foydalanilganda quritilayotgan modda (suyuqlik) qovushqoq bo‘lmasligi kerak. Agar u qovushqoq bo‘lsa forsunkani o‘rnida disk ishlatiladi.

Donador moddalarni (garnulalarni) quritishda pnevmatik quritgichlardan (SG-30, SP-60, SP-100 lar hamda SHveysariya va Angliyada ishlab chiqariladigan har xil quritgichlardan) foydalaniladi.

Muloqot (kontaktli) li quritgichlar. Bunday quritgichlarda issiqlik asbobning devori orqali quritilayotgan materialga o‘tadi. Ular uzlukli va uzluksiz, mo‘‘tadil bosim ostida ishlashlari mumkin.

Uzlukli ishlaydigan quritgichlardan biri eng oddiy tuzilishga ega bo‘lgan tokchali (polkali) quritgichdir. Bunda tokchalar bir necha qavat naychalardan tashkil topgan bo‘lib, naychalar suv bug‘i bilan isitiladi. Naychalar usiga patnislarda 2-3 sm qalinlikda bir tekis yoyilgan quritiladigan modda qo‘yiladi. Vaqti-vaqti bilan yuqori tokchalardagi patnislar pastdagilar blian almashtirib turiladi qurish jarayonida patnis yuzasida yuzasida yupqa qatqaloq hosil bo‘lib, kapillyarlar suv chiqishini qiyinlashtirishi mumkin. Bu xodisani yo‘qotish uchun patnisdagi quritilayotgan modda aralashtrib, qatqaloq yo‘qotib turilishi lozim. Bu quritgich tuzilishi jihatidan soda bo‘lishiga qaramay, ko‘p joy egallaydi, quritish uchun ko‘p vaqt va qo‘l kuchi talab etiladi. Quritish jarayoni havoni so‘rib olinadigan (vakuum) javonlar yordamida tezlashtirish mumkin.

Jo‘vali (valsovыe) quritgichlar uzluksiz ishlaydigan, bir yoki ikki jo‘vali bo‘ladi. Jo‘va ichi bo‘shliq bo‘lib, bug‘ yoki boshqa issiqlik manbalari yordamida isib turadi. Bunday quritgichlar asosan ekstraktlar olishda ishlatiladi. Quyuq ajratma jo‘va yuzasiga bevosita yoki jo‘vali so‘rg‘ichlar yordamida yupqa qilib surkaladi. Jo‘valar to‘la bir marta aylanguncha yuzasidagi yupqa ajratma quriydi va uni pichoqlar yordamida qirib yig‘iladi.

Jo‘vali-vakuum quritgichlarda qurish jarayoni tez kechadi. Bunday qurilmalarda pektin, shilimshiq moddalar saqlagan qovushqoq ajratmalarni quritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Maxsus quritish usullari. Bularga termoradiatsion, dielektrik, subslimatsion va ultratovush quritgichlari kiradi. Farmatsevtika korxonalarida ko‘pincha subslimatsiya va ultratovush quritgichlari kiradi.

Sublimatsion quritgichlarda quritiladigan modda suyuqlik holiga keltirilib, muzlatiladi va xona (kamera) havosini o‘rib olish natijasida muz suyuqlikka o‘tmasdan bug‘lanadi. Quritgich sublimatsiyalash xonasi, sovutgich, havo so‘rgich, muzlatgichlardan iobrat.

Bu usulda quritish jarayoni uch bosqichda sodir bo‘ladi: 1-muzlatish, 2-sublimatsiyaga uchratish, 3-qoldiq namlikni yo‘qotish.

Bu usul oqsil, fermentlar, antibiotiklar, vaksina, zardoblarni quritishda juda qo‘l keladi.

Ultratovush quritgichlar. Dorilarni ultratovush yordamida unumli quritish uchun ularni tebranish tezligi 6-8 kGs bo‘lishi kerak. Quritilayotgan suyuqlik ultratovush to‘lqinlari ta’sirida mayda zarrachalarga bo‘linib, har bir zarracha tebranish davri tezligida xarakatga keladi. Bu xarakat ishlqalanishni vujudga keltirib, suyuqlikning bug‘lanishiga sabab bo‘ladi.



Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   483




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish