Zarrachalarini o‘lchamlari.
Buning uchun 0,02 g bo‘lgan preparatni predmet shishasiga joylashtirib, 15x15 mm lik yopuvchi shisha bilan berkitiladi, preparat zarrachalarini yopuvchi shisha tagida bir xil joylashtirish uchun yopuvchi shishani preparat ignasini to‘mtoq uchi bilan bosiladi (TU 64-1-464-74) va okulyari 16 x, obektivi 10x marta kattalashtirilgan mikroskopda ko‘riladi.
Mikroskopni 10 ta ko‘rish maydonida zarrachalarning asosiy massasini o‘lchamlari tegishli farmakopeya maqolalarida keltirilgan bo‘ladi. Aniqlash o‘rtacha beshta probada bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |