O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi


SIRTGA MO‟LJALLANGAN TOMCHILAR. (GUTTAE AD USUM EXTERNUM)



Download 4,16 Mb.
bet62/722
Sana31.12.2021
Hajmi4,16 Mb.
#211583
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   722
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya (1)

SIRTGA MO‟LJALLANGAN TOMCHILAR. (GUTTAE AD USUM EXTERNUM)

Tomchilar, asosan, ko’z, burun va quloq kasalliklarida ishlatiladi. Kam hollarda tish og’rig’ini qoldiradigan retseptlar ham uchraydi. Quloq va burun tomchilarini tayyorlashda erituvchi sifatida suv, etanol, glitserin va moy qo’llaniladi.

Rp.: Solutionis Dicaini 0,25 %—10 ml

Solutionis Adrenalini hydrochloride 1:1000 gtt XX

M.D.S. 5 tomchidan kuniga 2 mahal burun- ning ikki tomoniga

Dikainning eruvchanligi 1:10. Avval 10 % dikain eritmasi tayyorlanadi, so’ngra unga 20 tomchi adrenalin gidroxlorid eritmasi qo’shiladi. Bu tayyor dori turida «Zaharli» ro’yxatidagi modda (dikain) bo’lganligi uchun muhrlanadi. Shishachaga «Ehtiyotlik bilan ishlatilsin» yorlig’i yopish- tiriladi. Signatura yoziladi.

Rp.: Solutionis Collargoli 1%-15 ml

D.S. 2 tomchidan kuniga 3 mahal burunga

Kolloid eritmaga misol. Tayyorlanishi retseptda izohlangan. Kerak bo’lganda suziladi. Rp.: Streptocidi solubilis 0,5

Spiritus aethylici

Solutionis Hydrogeniperoxydi aa 7,5 ml

M.D.S. 2 tomchidan kuniga 3 mahal chap quloqqa

Streptotsid 90 % li etanolda eritiladi, kerak bo’lsa bir bo’lak paxtada suziladi, paxta etanolda namlangan bo’lishi kerak, so’ngra 3 % vodorod peroksid qo’shiladi16.

Rp.: Natrii hydrocarbonatis 0,4 Glycerini 10,0

M.D.S. 3 tomchidan kuniga 2 mahal o’ng quloqqa

Natriy gidrokarbonatning glitserindagi eruvchanligi 1:25. Natriy gidrokarbonatni to’liq eritish uchun hovonchada uni glitserin bilan ezg’ilanadi. Suzilmaydi.

Rp.: Phenolipuri 0,5

Glycerini 10,0

M.D.S. 5 tomchidan kuniga 3 mahal iliq holda chap quloqqa

Kristall fenolni bemorga beriladigan shishacha glitserin bilan solib, qizdirilgan holda eritiladi (issiq suvli idishga solinadi). Yaxshi eriydi. Suzilmaydi. Fenol ishlatishda ehtiyotkorlik talab qilinadi.

Rp.:Mentholi 0,05

Phenylii salicylatis 0,25

Solutionis Adrenalini hydrochloridi 1:1000 gtt XX Olei Vaselini 10,0

Mentholi 0,05

M.D.S. Burun tomchisi

Mentol va fenilsalitsilat iliq moyda (40—50°C) birin- ketin eritiladi. So’ngra adrenalin gidroxlorid eritmasi qo’shiladi. Suzilmaydigan mayin suspenziya hosil bo’ladi

Rp.: Chlorali hydrati Camphorae aa 3,0

Mentholi 0,3

M.D.S. Tish tomchisi

Bu retsept tish tomchisi sifatida keng qo’llaniladi. Uni shishacha komponentlarni bir-birida qizdirib, aralashtirish yo’li bilan olinadi (shishacha issiq suvga solinadi). Bu dori turi evtetik aralashma hisoblanadi.




Download 4,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   722




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish