Vaziyatli masalalar:
Oling: Benzilpenitsillin natriyli tuzining eritmasidan 200000 TB 10ml Ber.Belgila. 2 tomchidan 3 mahal o‘ng ko‘zga
Talaba 10ml 0,9 % li natriy xlorid eritmasidan o‘lchab olib, unda 0,13 g benzilpenitsillin natriyli tuzini eritdi. Paxta tampon orqali filtrladi. Flakonni rezina tiqin va alyumin qopqoq bilan yopib, 100 Cda 30 daqiqa sterilladi. qadoqlab, jihozladi. Retsept to‘g‘ri tayyorlandimi?
Oling: Benzilpenitsillin natriyli tuzining 500000 TB Streptotsiddan 5,0
Aralashtir.Ber.Belgila. Sepish uchun
Talaba aseptik sharoitda havonchada 5,0 g streptotsidni maydaladi, ozginasini qog‘oz kapsulaga olib qo‘yib, 0,5 g antibiotik qo‘shdi, aralashtirib, oz-ozdan qolgan streptotsidni qo‘shib bordi. Aralashtirib, steril shish idishga qadoqladi.
Retsept to‘g‘ri tayyorlandimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |