Yuqori konsentratsiyali eritmalar tayyorlash
Bu eritmalarni tayyorlashda albatta hajmi belgilangan o‘lchov asboblaridan foydalanish kerak. Masalan, 2 litr 50%li kalsiy xlor eritmasini tayyorlash uchun 1000,0 shu modda tortilib, 2 litr hajmdagi o‘lchovi belgilangan idishga solinadi. Uni kamrok miqdordagi tozalangan suvda eritiladi, so‘ngra suv bilan uni kerakli hajmga etkaziladi.
Hajmi belgilangan idish bo‘lmagan takdirda bunday eritmalarni tayyorlashda og‘irlik usul 4- jadvalidan foydalaniladi.
Bunda eritmaning zichligi yoki moddaning hajm oshish koeffitsienti hisobga olingan holda dori modda va qo‘shiladigan erituvchi miqdori hisoblab olinishi zarur. 1,0 modda erituvchida eriganda eritma hajmi ko‘payish miqdori shu moddaning hajm oshirish koeffitsenti deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |