Sopol (keramik) filtrlar
Bu filtrlarga bakteriologik shamcha (30-rasm) deb ataluvchi silindrsimon shaklda, o‘rtasi bo‘sh silliklanmagan chinnidan yasalgan filtrlar kiradi. Bu "shamchalar" orqali filtrlash 2 usulda olib boriladi. Birinchi usul suyuqlik ustki ochik teshik orqali filtr ichiga tushib, undan bosim ta‘sirida idishga filtrlanadi. Ikkinchi usul: filtrni ustki ochik teshigi orqali maxsus moslama bilan boshqa idishga biriktirilib, shamcha eritma ichiga tushiriladi va biriktirilgan idishdagi xavo so‘rib olinishi natijasida filtrlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |