Sterillash usullari
Sterillash usuli deb, dorilarda juda tez ko‘payib rivojlana oladigan mikroorganizmlarni batamom yo‘k kilishga aytiladi. Zamonaviy sterilizatsiya usullariga quyidagilar kiradi:
Termik sterilizatsiya.
Ultrabinafsha nurlar bilan sterilizatsiyalash.
Radiatsion sterilizatsiya.
Ultratovush sterilizatsiyasi.
Steril filtratsiyasi.
Kimyoviy usul bilan sterillash.
Termik sterilizatsiya
Termik sterilizatsiya jarayonida mikrob to‘kimalarining protoplazmasi pirogenetik emirilish natijasida qaytmas koagulyasiyaga uchraydi. SHuningdek, ferment sistemalari ham shikastlanadi. Termik usul dorixonalarda, zavod sharoitlarida keng qo‘llaniladi. Dori moddalar va ayrim buyumlarni sterilizatsiya kilishda albatta ularning xususiyatlari, fizik va ximik xossalarini hisobga olib, ma‘lum bir termik usul tanlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |