Atsetillangan lanolin. Lanolin sirka angidridi bilan tozalash yo‘li bilan olinadi. Birinchidan, 5% gacha miqdorda qo‘shilganda turg‘un surtma dori asosini hosil qiladi, surtma dorilar hosil kilish konsistensiyasini (uz holatini) past haroratlarda saqlab tura oladi.
Polioksietillangan lanolin. Bu birikma oksietilen lanolinning efir guruhiga birikishi yo‘li bilan hosil bo‘ladi.Suvda eriydigan lanolin ikki markada olinadi: «Vodlan-45», rN 8 va «Vodlan- 60», rN 7,1. Polioksietillangan lanolin suyultirilgan etil spirtida ham eriydi. Agar 3% miqdorda qo‘shilsa, yumshoq surtma dori (krem) asosi hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |