O‘simliklardan damlama tayyorlash
Oling: Jag‘ - jag‘ o‘ti damlamasidan 150 ml Bering. Belgilang. «Cito»
Pasport: Jag‘ - jag‘ o‘ti 15gr
Suv 150 - (15x2)-180 ml SSHK - 2
Eritmaning umumiy xajmi 150 ml
Jag‘ - jag‘ o‘simligi tarkibida vitamin K va S sa-lanadi.
Agar dorixatda ko‘rsatilmagan bo‘lsa damlamaning 1 : 10 nisbatda tayyorlanadi. SHuning uchun jag‘ - jag‘ o‘simligidan 15 gr olamiz . DF X1 da jag‘ - jag‘ o‘ti uchun SSHK keltirilmagan , shu sababli uni 2 ga teng deb xisoblaymiz .
Infundir stakaniga 15 gr. 5 mm gacha maydalangan jag‘ - jag‘ o‘simligidan olinadi va 180 ml suv solinadi. «Cito» ko‘rsatmasi bo‘lganligi sababli -aynab turgan infundir apparatida 25 min qaynatib vaqti –vaqti Bilan aralashtirib turiladi, sun‘iy yo‘l bilan sovutiladi so‘ng suziladi.
Salqin joyda saqlansin, Ichishdan oldin chayqatilsin, singari etiketkalar yopishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |