Surtmalarning asos tipi bo‘yicha tasniflanishi:
Gidrofob asosli surtmalar
Gidrofil asosli surtmalar
Emulsion (difil) — asosli surtmalar
suv/yog tipidagi emulsion asosli surtmalar
yog‘/suv tipidagi emulsion asosli surtmalar
Dispers sistemalar bo‘yicha surtmalarning tasniflanishi.
Gomogen surtmalar: a) qotishma tipidagi surtmalar, b) eritma tipidagi surtmalar, v) ekstraksion surtmalar.
Suspenzion surtmalar: a) ikki fazali sistemalar, b) uch va ko‘p fazali sistemalar
Emulsion surtmalar: a) suv/yog tipidagi emulsion surtmalar, b) yog‘/suv tipidagi emulsion surtmalar.
Aralash tipdagi surtmalar
Gomogen surtmalar guruhiga o‘zaro eruvchan dorilarni asosda eritish bilan hosil bo‘lgan yog‘li surtmalar, surtma asosida erigan dorilardan hosil bo‘lgan surtmalar va dorilarni surtma asoslari tarkibiga ekstraksiya yo‘li bilan kiritilgan surtma turlari kiradi. Surtmalarning bu guruhchasi dorilar va surtma asoslari urtasidagi oralik fazasining yukligi bilan harakterlanadi. Biroq bunday surtmalarni tulik gomogen sistema deb qarash xato bo‘ladi, chunki surtma asoslarning o‘zi turli xil mikro-va ultramikrokristallik qo‘shimchalardan iborat bo‘lishi mumkin. Surtma suspenziyalar tarkibiga esa suv va yog‘da erimaydigan dori moddalar kiradi. Rezorsin, pirogallol, rux sulfat, simob dixlorid, segnet tuzlari ham suspenziya yo‘li bilan kiritiladi, bu moddalar suvda eriydi, ammo suvda eritib kiritilsa, teriga zararli ta‘sir ko‘rsatadi. Yana shunday moddalar suspenziya yo‘li bilan kiritiladiki, ularning erishi uchun ko‘p miqdorda suv talab qiladi; bo‘larga natriy tetraborat, bor kislotasi kiradi. Suspenzion surtmalar tarkibida bitta va undan ortiq dori moddalar bo‘lishi mumkin, lekin ularning har biri o‘z oralik faza chegarasiga egadir. Xuddi mana shu xususiyatga asoslangan holda suspenzion surtmalar bir, ikki va ko‘p fazali sistemalarga bo‘li- nadi.
Emulsion surtmalar tarkibiga suv, spirt, glitserin va ular aralashmasida eruvchi dori moddalar kiritiladi. Bunday eritmalar moyli asos bilan aralashmasligi sababli hosil bo‘lgan surtmalar emulsiya tipidagi surtmalar bo‘lib, undagi dispers muxit moyli asos hisoblanadi.
Ko‘pchilik emulsion surtmalar tarkibiga emulgatorlar kiritilganligi sababli, ular etarli darajada yuqori dispers va turg‘un bo‘ladi. Lekin shunday surtmalar ham borki, ular dispers muxitning yuqori qovushqoqligi sababli turg‘undir. Bunday surtmalarda dispers faza yirik tomchilardan iborat bo‘ladi.
Aralash surtma dorilar har xil dispers sistemalardan tashqil topgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |